Eldor Aripov Malayziya bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlariga alohida urg‘u qaratdi

Eldor Aripov Malayziya bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlariga alohida urg‘u qaratdi


Joriy yilning 21 yanvar kuni Kuala-Lumpur shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori Eldor Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi «Muloqotdan - harakat sari: O‘zbekiston va Malayziya strategik hamkorlik yo‘lida» mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etdi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasining Kuala-Lumpur shahridagi Elchixonasi ko‘magida Malayziyaning yetakchi tahliliy markazi Strategik va xalqaro tadqiqotlar instituti (SXTI) bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Davra suhbatida Malayziya Parlamentining «Do‘stlik guruhi», Tashqi ishlar vazirligi, Davlat boshqaruvi milliy instituti, Diplomatiya va xalqaro munosabatlar instituti, Osiyo strategiyasi va yetakchilik instituti, Xadxari Islom instituti va Janubi-Sharqiy Osiyoning terrorizmga qarshi kurash mintaqaviy markazi xodimlari ishtirok etdi.
O‘zbekiston tomonidan SMTI, Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti, «Taraqqiyot strategiyasi» markazi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Iqtisodiyot va moliya, Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar, Qishloq xo‘jaligi vazirliklari ekspertlari ishtirok etdi.
Tadbir kun tartibidan O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari, shu jumladan, siyosat va xavfsizlik, sanoat kooperasiyasi, innovasiyalar va texnologiyalar sohalarida strategik sheriklikni mustahkamlash, shuningdek, ta’lim, fan va madaniyat sohalarida o‘zaro aloqalarni kengaytirish kabi masalalar joy oldi.
SMTI direktori Eldor Aripov kirish so‘zida bugungi kunda O‘zbekiston-Malayziya munosabatlari mutlaqo yangi sur’atni boshdan kechirayotganini ta’kidladi.
SMTI rahbarining so‘zlariga ko‘ra, savdo-investisiyaviy hamkorlik jadal rivojlanmoqda. So‘nggi yillarda ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi 2,5 barobarga oshdi, O‘zbekiston hududida Malayziya kapitali ishtirokidagi qo‘shma korxonalar soni 37 taga yetdi.
Delegasiya rahbarining ta’kidlashicha, o‘tgan yilning may oyida Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimning O‘zbekistonga tashrifi ikki tomonlama hamkorlikka sezilarli sur’at bag‘ishladi. Uning yakunlari bo‘yicha yuqori natijalarga erishildi.
Xususan, ko‘p qirrali hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risida Qo‘shma bayonot imzolandi. Shuningdek, yuqori texnologik loyihalarni ilgari surish maqsadida yurtimizda O‘zbekiston-Malayziya sanoat zonasini tashkil etishga kelishib olindi. O‘tkazilgan biznes-forumi yakunida qiymati
3 milliard dollardan ziyod 19 ta investisiya bitim imzolandi.
Eldor Aripov ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlik kengayib borayotganiga alohida urg‘u qaratdi. Malayziya hukumatining Texnik hamkorlik dasturi doirasida 850 dan ortiq O‘zbekiston vazirlik va idoralari mutaxassislari Malayziyada malaka oshirayotgani keltirib o‘tildi. Bugungi kunda 500 ga yaqin o‘zbekistonlik talaba Malayziyaning nufuzli universitetlarida tahsil olmoqda. Ikki mamlakat ta’lim muassasalari o‘rtasida 25 ta hamkorlik shartnomasi imzolangan.
Mutaxassisning fikricha, bu O‘zbekiston-Malayziya hamkorligining yuqori dinamikasidan darak beradi.
Shu bilan birga, ikki tomonlama munosabatlarning salohiyati hali to‘liq namoyon bo‘lmagan. Shu nuqtayi nazardan kelib chiqib, Eldor Aripov ikki tomonlama hamkorlikning eng istiqbolli yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratdi.
Birinchidan, ekspert sanoat kooperasiyasi aloqalarini rivojlantirish muhimligini alohida ta’kidladi. Uning aytishicha, Malayziyaning yarim o‘tkazgichlar sanoati O‘zbekiston uchun katta qiziqish uyg‘otmoqda. Ahamiyatlisi bu soha Malayziya yalpi ichki mahsulotining qariyb 25 foizini tashkil etadi.
Bu jihatdan, Malayziyaning yarim o‘tkazgichlar sanoatini rivojlantirishdagi ilg‘or tajribasi, xususan, strategik rejalashtirish, marketing, infratuzilmani takomillashtirish va mutaxassislar tayyorlash sohasidagi yutuqlari O‘zbekiston uchun nihoyatda foydali bo‘lishi mumkinligi gayd etildi.

Ikkinchidan, SMTI rahbarining fikricha, ta’lim sohasi, o‘zaro akademik almashuvlar va kadrlar tayyorlash borasidagi hamkorlikni kengaytirish dolzarb masala hisoblanadi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, hozirgi kunda O‘zbekistonda turli xorijiy oliy ta’lim muassasalarining 30 ga yaqin filiali faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimiz Markaziy Osiyoning «ta’lim markazi» sifatida energetika, islomiy banking, ekologiya, sun’iy intellekt, halol sanoat, kreativ iqtisodiyot va boshqa yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlash bo‘yicha Malayziya universitetlari bilan hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor.
Uchinchidan, bu diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlashdir. Bugungi kunda Malayziya aholi orasida diniy-ekstremistik g‘oyalarning tarqalishini oldini olish va profilaktika qilish bo‘yicha o‘ziga xos tajriba to‘plagan.
O‘zbekiston ham o‘z navbatida bu yo‘nalishda maqsadli ishlarni olib bormoqda. O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan 2024 yil may oyida BMTning Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi shafeligida qaytganlarni reabilitasiya va reintegrasiya masalalari bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy ekspertlar Kengashi o‘z ishini boshladi. 2024 yilning noyabr va dekabr oylarida BMTning Jeneva va Nyu-Yorkdagi qarorgohlarida Kengash faoliyati bo‘yicha taqdimotlar tashkil etildi.
«Shunday bo‘lsada, terrorizmga qarshi samarali kurashish nafaqat mintaqaviy, balki global darajada ham birlashishni talab etadi. Shu nuqtayi nazardan, fuqarolarni deradikalizasiya va reabilitasiya qilish sohasida tajriba va ilg‘or amaliyotlar almashinuvi hamkorligimizning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi mumkin,» - dedi SMTI direktori.
To‘rtinchidan, ekspert «Markaziy Osiyo + ASEAN» formatidagi muloqot maydonini yaratish maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.
Eldor Aripov mintaqalararo hamkorlik savdo-investisiya hamkorligi, sanoat kooperasiyasi, transport va logistika sohasidagi masalalarni yanada samaraliroq hal etish imkonini berishiga, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro rivojlanishning dolzarb masalalari bo‘yicha pozisiyalarni mustahkamlashga ishonch bildirdi.
Beshinchidan, SMTI vakilining ta’kidlashicha, bugungi kunda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashda ekspertlar muloqoti tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan, Malayziya va O‘zbekistonning tahliliy va ilmiy-tadqiqot markazlari o‘rtasida doimiy faoliyat ko‘rsatadigan ekspertlar maydonini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqish taklifi berildi.
«Ushbu qadam o‘zaro manfaatli eng dolzarb masalalar bo‘yicha muntazam ravishda qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, konferensiyalar va davra suhbatlari uyushtirish, shuningdek, oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlar uchun ekspert-tahliliy ma’lumotlar bilan ta’minlash imkonini beradi,» - deya yakun yasadi Eldor Aripov.

Davra suhbati yakunida SMTI va SXTI o‘rtasida 2025 yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi imzolandi. Ushbu reja ikki mamlakat tahliliy markazlari o‘rtasida sheriklik va muntazam ishchi aloqalarni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi.
Ma’lumot uchun: SXTI 1983 yil aprel oyida mustaqil notijorat tadqiqot tashkiloti sifatida ta’sis etilgan. U tashqi siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot, davlat boshqaruvi, ijtimoiy siyosat, texnologiyalar, innovasiyalar va atrof-muhit sohalarida tadqiqotlar olib boradi. Mamlakatning konseptual hujjatlarini tayyorlashda muntazam ravishda ishtirok etadi. Institut mutaxassislari «Vision 2020» strategiyasi, «Bosh iqtisodiy reja» tashabbusi, «Malayziya Madani» konsepsiyasini ishlab chiqishda ishtirok etdi. 2018 yilda SMTI va SXTI o‘rtasida Memorandum imzolangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Putinga Ukrainadan "qo‘ng‘iroq qilishdi"

Россия президенти Владимир Путинга Украинадан одамлар "яширин тарзда" қўнғироқ қилган.

Ukraina bir zarba bilan Rossiyaning qo‘mondonlik punktini yo‘q qildi

Россия армиясига қаттиқ зарба – қўмондонлик йиғилиш вақтида йўқ қилиб юборилди.

Xitoyda 125 million yillik chayon topildi! Ilmiy sensasiya!

Хитойда 125 миллион йиллик чаён тошқотмаси топилди.

Ikkilanmay zarba beramiz: AQSh Rossiyaga ochiq tahdid qildi!

Москвага огоҳлантириш. Россия учун оғир кунлар яқинми?

Rossiya AQShga rad javobini berdi: Urush tugamaydi!

Россия АҚШ таклифини қабул қилмади. Украина бўйича келишув имконияти қолмадими?

Abduqodir Husanovning narxi rekord darajada ko‘tarildi

Жаҳонга машҳур Transfermarkt интернет-портали Англия Премьер-лигасида ҳаракат қилаётган футболчиларнинг трансфер нархларини янгилади.

Favqulodda Xabar! Ukraina Qo‘shinlari Sudjani tark etdi

Украина қўшинлари Суджадан чекинди – бу нимани англатади?

Ukrainaning yangi daxshatli quroli ko‘rsatildi: Rossiyaga yangi "Neptun" bilan zarba berildi

Украинада 1000 километр узоқликка учувчи янги "Узун Нептун" қанотли ракетаси мавжуд ва у аллақачон уни Россияга қарши қўллади.

"Halokat, dahshat, zulmat": ukrainalik jangchilar Sudjadagi so‘nggi kunlar haqida so‘zlab berdi

"Дронлар ов қилаётган эди", "Кундузи ҳаракатланиш имконсиз".

"Real"ga gol urgan o‘zbekistonlik futbolchi Eron klubiga o‘tishga yaqin!

Ўтган мавсумни Қозоғистоннинг "Ордабаси" жамоасида ўтказган Жасурбек Яхшибоев Эрон чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин.

Suv ostida ko‘rilgan eng ulkan tirik mavjudot: U 34 metr uzunlikda va Napoleon davridan beri yashab kelmoqda

Океаннинг ўзидан пайдо бўлган маржон рифлари ернинг хазинаси ҳисобланади, чунки улар кўплаб денгиз жонзотларига бошпана беради ва...

Rossiyaliklar rekord sur’atda o‘lmoqda

2024-йил якунларига кўра, Россияда табиий йўқотиш – яъни вафот этганлар ва туғилганлар сони орасидаги фарқ 596,2 минг кишини ташкил этди.

Qurbon hayiti kuni qo‘y so‘yishni to‘xtatishga chaqirdi

Бу йил ёғингарчилик 30 йиллик ўртача кўрсаткичдан 53 фоизга кам бўлиб, натижада чорва учун яйлов етишмайди.

Ruslar Putinga qarshi chiqdi

"Россия Путинга қарши" юриши бошланди.

Rossiya qurilish maydonlarida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston muhojirlarini o‘rnini egallaydigan millat paydo bo‘ldi

Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.

Qon to‘kishdan zavqlanadigan shaxs yana vazir etib tayinlandi

Бен-Гвир январь ойида ўт очишни тўхтатиш келишувига норозилик билдирган ҳолда Исроил ҳукуматидан истеъфога чиқди ва Ғазо секторида жанглар қайта бошланганидагина Нетаняху коалициясига қайтишини кўриб чиқишини айтган эди.

🔥 Kurskda Rossiyaga g‘alaba keltirgan "dron inqilobi" – yangi taktika qanday ish berdi?

Дронлар уруш қоидаларини ўзгартиряпти. Янги дрон тактикаси Россиянинг Курскдаги ғалабасини таъминлади.

AQSh Zelenskiyning o‘rniga kimni olib kelmoqchi? Bu borada yashirin harakat allaqachon boshlandi

Зеленскийнинг келажаги хавф остида. Зеленскийга муқобил номзод ким бўлиши мумкин?

Rossiya uchirgan urush droni Qozog‘istonga yetib keldi

Россия томонидан Украинага учирилган "Шаҳед" дронларидан бири Қозоғистонга қулади.

Ular bir-birini topdi

Трампнинг махфий суҳбатлари фош бўлди.

Turkiyadagi vaziyatsabab o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Айтилишича, Туркия ҳуқуқ-тартибот идоралари ижтимоий тармоқларда «провокацион постлар» жойлаштирган 261 кишини аниқлаган

Rossiyada o‘zbekistonlik to‘pponcha bilan raqsga tushdi

18-март куни кечқурун Лиговск проспектидаги "Галерея" савдо мажмуаси ёнида бир гуруҳ ёшлар орасида тўппончага ўхшаш буюм билан рақсга тушган 19 ёшли Ўзбекистон фуқароси полиция томонидан ушланди.

Trampda yadro qurolini ishga tushiridigan qizil tugma bormi?

Шу йилнинг январ ойида Трамп инаугурациясидан сўнг тугма Овал кабинетга қайтарилди.

Yaman husiylari Isroilning Ben-Gurion aeroportiga zarba berganini ma’lum qildi

Шунингдек, улар Қизил денгизда Американинг USS Harry Truman авиаташувчи гуруҳига ҳужум қилганини айтмоқда.

Toshkentda yosh qiz o‘zini 9-qavatdan tashladi

Мазкур ҳолат юзасидан прокуратура томонидан терговга қадар текшириш ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Jizzaxda yuk mashinasi va mikroavtobus to‘qnashdi. Qurbonlar bor

Жиззах вилояти ЙҲХБ аварияда ҳалок бўлганлар сони ва жароҳат олганларнинг ҳолати ҳақида маълумот бермаган.

Belgorod viloyatiga bostirib kirishga uringan Ukraina kuchlariga zarba berildi

Украина Қуролли Кучлари 70 дан ортиқ ҳарбий хизматчи, 3 та танк, 2 та БМП, 11 та зирҳли жанговар машина, 3 та муҳандислик машинаси, 7 та енгил автомобиль вa тўртта артиллерия қуролини йўқотди

Isroilning G‘azodagi hujumi oqibatida BMT xodimi halok bo‘ldi

БМТ ташкилотларида ишловчи олти нафар хорижлик Исроилнинг Ғазо марказида уюштирган ҳаво ҳужуми чоғида жароҳатланди.

Telegramning faol foydalanuvchilari soni 1 milliarddan oshdi

Дуров ёзма баёнотида Telegramдан фойдаланиш ҳақида маълумот берди.

Isroil armiyasi Suriyadagi Rossiyaning sobiq kuzatuv punktini buzib tashladi

Бу ҳақда “Милитарй Обсервер” Телеграм- каналида айтилган .

G‘azodagi BMT mehmonxonasiga qilingan hujumda bir kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi yaralandi

Америка бюроси Репорт хабарига кўра , бу ҳақда БМТ раҳбарининг расмий вакили ўринбосари Фархон Ҳақ матбуот анжуманида маълум қилди.

Tramp Eronga yangi yadroviy bitim tuzish uchun ikki oy vaqt beradi

Бу ҳақда Ахиос портали манбаларга таяниб хабар берди.

Argentinada hukumatga qarshi yangi namoyishlar bo‘lib o‘tdi

“Репорт” нинг “ТАСС”ГА таяниб хабар беришича, ҳозирда майдонда 1000 га яқин одам бор, бироқ турли сиёсий ва ижтимоий ҳаракатлар байроқлари остида намойишчилар колонналари Конгресс томон юришда давом этмоқда.

O‘zbekistonga xorijliklar qanday maqsadda kelmoqda?

Статистика қўмитасига кўра, январда Ўзбекистонга 678 минг хорижий фуқаро ташриф буюрган, бу ўтган йилнинг шу даврига нисбатан 30 % кўп.

Kreml Putin va Tramp muzokaralari tafsilotlarini oshkor qildi

Россия Президенти матбуот котиби Дмитрий Песков Россия етакчиси Владимир Путин ва унинг америкалик ҳамкасби Дональд Трамп ўртасидаги музокаралар ҳақида гапирди.

Netanyahu G‘azoga hujum davom etishini ma’lum qildi

Исроил бош вазири телевидение орқали чиқиш қилиб, Исроил ҳарбийлари ҲАМАСга “қудратли куч” билан зарба беришини маълум қилган.

Erga kuchli va uzoq davom etuvchi magnit bo‘roni yaqinlashmoqda

У 24-март кечасига яқин бошланиб, 28-мартда тугайди. Об-ҳавога таъсирчан инсонлар кучли бош оғриғи, кўнгил айниши ва чарчоқни ҳис қилишлари мумкин.

Yil boshidan buyon qancha egizak tug‘ilgani aytildi

2025 йилнинг январ-феврал ойларида ФҲДЁ органларида республика бўйича жами 135 914 та тирик туғилиш ҳолатлари қайд этилган.

Putinning buyrug‘i: Rossiya o‘z dronlarini o‘zi urib tushirdi

Ғалати ҳолат. Россия ўз дронларини нега уриб туширди?

Tramp Putin bilan suhbatdan so‘ng unga ta’rif berdi

Tramp Путин билан суҳбати ҳақида гапирди.