Elchixona Qozog‘istonda halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining oila a’zolariga ta’ziya bildirdi

Elchixona Qozog‘istonda halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining oila a’zolariga ta’ziya bildirdi

O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘istondagi elchixonasi 2024 yilning 3 aprelida Aktobe viloyati, Alg‘a tumani hududidan o‘tuvchi “Samara-Shimkent” respublika ahamiyatiga ega avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida vafot etgan 8 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya bildirdi.

Mazkur masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasi Qozog‘iston Respublikaisning tegishli tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlikda ishlamoqda. Holat alohida nazoratga olingan.

Qo‘shimcha ma’lumotlar bo‘yicha O‘R Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi raqam bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin +7 (729) 277-71-17.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!