El-Ninyo Markaziy Osiyoga tahdid solmoqda – Aqilbek Japarov

El-Ninyo Markaziy Osiyoga tahdid solmoqda – Aqilbek Japarov

Tinch okeanidagi El-Ninyo iqlim hodisasi Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti uchun muammoga aylanishi mumkin, deya ta’kidladi Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi rahbari Aqilbek Japarov.

“Mutaxassislarning prognozlariga ko‘ra, 2024 yil Tinch okeanidagi El-Ninyo keng ko‘lamli iqlim hodisasi tufayli rekord darajadagi issiq yillardan biri bo‘lishi mumkin, bu esa shusiz ham 2023 yilda eng yuqori cho‘qqiga chiqqan global haroratga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun 2024 yilda haroratning yanada oshishi ehtimoli yuqori”, — dedi Vazirlar Mahkamasi raisi Aqilbek Japarov.

Qirg‘iziston hukumati rahbari uzoq muddatli prognozlarga e’tibor qaratib, iqtisodiy muammolar butun Markaziy Osiyoga ta’sir qilishi mumkinligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2050 yilga borib mintaqada aholi soni 27 foizga o‘sishi kutilmoqda, bu esa oziq-ovqatga 35 foiz, ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojning 50 foizga oshishiga olib keladi.

Japarov kelgusida suv resurslari va yashil energiya Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy bo‘g‘ini bo‘lishi lozimligini ta’kidladi. Vazirlar Mahkamasi rahbari ushbu resurslar mintaqadagi barcha davlatlarning barqaror rivojlanishining asosiga aylanishi kerak, degan fikrni bildirdi.

2023 yil oxirida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024 yilda suvdan norasional foydalanish tufayli favqulodda tejamkorlik rejimi joriy etish niyatida ekanligini ma’lum qilib, bu mamlakat iqtisodiyoti uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqarganini ta’kidladi.

El-Ninyo – Tinch okeanining sirt qatlamidagi harorat o‘zgarishi hodisasi. U iqlimga sezilarli ta’sir ko‘rsatish va ekstremal ob-havo hodisalari: o‘rmon yong‘inlaridan tropik siklonlar va uzoq muddatli qurg‘oqchilikni keltirib chiqarish qobiliyati bilan ajralib turadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!