«El Klasiko»ni kim boshqarishi ma’lum bo‘ldi

«El Klasiko»ni kim boshqarishi ma’lum bo‘ldi

«Barselona» va «Real» o‘rtasidagi navbatdagi klasikoga hakam tayinlandi.

Rikardo de Burgos Bengoechea La Liganing 26-turidan o‘rin olgan markaziy bahsni boshqarib boradi.

37 yoshli hakam yanvar oyida ushbu jamoalar o‘rtasida Ispaniya Superkubogi finalida ishlagan va unda kataloniyaliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozongan. O‘sha o‘yinda madridliklar yarimhimoyachisi Dani Sebalyos Gavining sochidan tortgan, kataloniyaliklar havbeki esa uni turtib yuborgandi. Ammo futbolchilarga kartochka ko‘rsatilmagan.

Shuningdek, Bengoechea 2017 yilgi Superkubokda ham hakamlik qilgan va unda «Real» 3:1 hisobida g‘alaba qozongan. O‘yinda 8ta sariq kartochka ko‘rsatilgan (3tasi «Barsa», 5tasi «Real» futbolchilariga), Krishtianu Ronaldu esa hakamni turtgani uchun chetlatilgandi.

«Barselona» — «Real» bahsi 19 mart kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 20 martda o‘tganda 01:00da boshlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!