EK 2027 yilgacha Rossiyadan elektr energiyasini eksport qilishni butunlay to‘xtatmoqchi

EK 2027 yilgacha Rossiyadan elektr energiyasini eksport qilishni butunlay to‘xtatmoqchi

Evropa Komissiyasi chorshanba kuni 2027 yilgacha Rossiyadan energiya eksport qilishdan bosqichma-bosqich olib tashlash rejasini taqdim etadi. Rejani amalga oshirish uchun 210 milliard yevro kerak bo‘ladi, deya xabar bermoqda Reuters agentligi hujjatlar loyihalariga tayanib.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, reja uch bosqichdan iborat bo‘ladi: loyiha doirasida Bryussel boshqa mamlakatlardan gaz import qilishni yo‘lga qo‘ymoqchi, qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tishni tezlashtiradi va energiyani tejashga ko‘proq harakat qiladi.

Hujjatda, xususan, Misr, Isroil va Nigeriya kabi davlatlardan suyultirilgan gaz yetkazib berish hajmini oshirish imkoniyatlari alohida ta’kidlangan. YEK shuningdek, 2030 yilgacha qayta tiklanadigan energiya manbalari ulushini 45 foizga oshirishni taklif qilmoqchi. Quyosh energiyasidan keng foydalanishga qaratilgan sa’y-harakatlarning bir qismi sifatida Yevropa Ittifoqi a’zo davlatlardan 2025 yildan boshlab barcha jamoat binolarida quyosh elektr stansiyalarini o‘rnatishni talab qiladi. Bundan tashqari, 2030 yilga kelib YEI energiya sarfini 13 foizga kamaytirish niyatida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!