EIKda oziq-ovqat qo‘shimchalarining xavfsizligi masalasi muhokama qilindi

EIKda oziq-ovqat qo‘shimchalarining xavfsizligi masalasi muhokama qilindi

Oziq-ovqat qo‘shimchalari, aromatizatorlar va texnologik vositalar xavfsizligi bo‘yicha texnik reglamentga kiritilgan o‘zgartirishlar uning qoidalarining 70 foizigacha ta’sir qilganligi sababli, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining Texnik jihatdan tartibga solish va akkreditasiya departamenti tomonidan yangi talablarni amalga oshirishda umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish bo‘yicha seminar tashkil etildi. Bu haqda YEIK saytida xabar berildi.

Tadbir Belarus standartlashtirish davlat qo‘mitasi taklifi bilan tashkil etildi.

Seminarda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlarning vakolatli organlari, tarmoq xo‘jalik birlashmalari va tashkilotlarining 170 dan ortiq vakillari ishtirok etdi. Uni departament direktori o‘rinbosari Tatyana Nikolayeva olib bordi.

Departament yetakchi soha mutaxassislari bilan birgalikda eng dolzarb masalalar, jumladan, 19 nomdagi oziq-ovqat qo‘shimchalarining texnik reglamentdan chiqarilishi sabablari, go‘sht, sut, qandolatchilik va boshqa mahsulotlarda konservantlar, bo‘yoqlar, quyuqlashtiruvchi moddalardan foydalanish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Jami vakolatli organlar va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 60 dan ortiq savol va tushuntirishlar berildi.

Seminar yakunlari bo‘yicha ma’lum yangi talablarni amalga oshirishda yagona yondashuvlar bo‘yicha konsensusga erishildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!