EI raqamli hamyonga o‘tmoqchi

EI raqamli hamyonga o‘tmoqchi

Evropa Ittifoqi barcha qog‘oz va plastik hujjatlardan, xususan, ID karta va haydovchilik guvohnomasidan voz kechish imkonini beruvchi raqamli hamyon ishlab chiqmoqda. Bu haqda ERR xabar berdi.

Ma’lumotlariga ko‘ra, dastlabki raqamli hamyon ilovasi ustida ish allaqachon yakunlanib, sinovdan o‘tkazila boshlangan.

Raqamli hamyonda haydovchilik guvohnomalari, baliq ovlash ruxsatnomalari, dori-darmonlar uchun reseptlar va boshqa ruxsatnomalarni saqlash mumkin bo‘ladi.

Xabar qilinishicha, hamyon egasining ixtiyoriga ko‘ra ma’lumotni yopish xususiyatiga ega bo‘ladi, ya’ni unda kimga, qanday ma’lumotlarni ko‘rsatishni tanlash imkoni bo‘ladi.

Masalan, agar yo‘l polisiyasi xodimi sizni to‘xtasa, u haqiqatan ham sizning shaxsiy kodingiz va ismingizni ko‘rish huquqiga ega. Bardagi eshik qo‘riqchisi esa qayerda yashayotganingizni, shaxsiy kodingiz, tug‘ilgan sanangiz yoki ismingizni bilishi shart emas. U faqat 18 yoshdan oshganingizni bilishi yetarli, — deya izoh berdi Davlat axborot tizimi departamenti eksperti Mark Erlix.

Erlixning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi davlatlari uchun 2025 yil oxirigacha raqamli hamyondan foydalanishni boshlash uchun hech qanday to‘siq yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!