EI Mavritaniyaga noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish uchun million yevro ajratadi

EI Mavritaniyaga noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish uchun million yevro ajratadi

Odamlarni noqonuniy tashishga qarshi kurashish va noqonuniy muhojirlar oqimini to‘xtatish uchun Bryussel Mavritaniyaga 210 million yevro miqdoridagi yordam paketini taqdim etadi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.

Evropa Ittifoqi Mavritaniyaga 210 million yevro ajratadi. Mablag‘lar odamlarni noqonuniy tashishga qarshi kurashish va noqonuniy migrantlar oqimini to‘xtatish uchun sarflanishi kerak. Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Bryussel pozisiyasini bildirish uchun Mavritaniya poytaxti Nuakshottga bordi. Unga migrasiya inqirozini boshdan kechirayotgan Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches hamrohlik qildi.

– Biz demokratik hukumatlarning qulashi, terrorchilik xurujlari sonining ko‘payishi, qochqinlar va ichki ko‘chuvchilar sonining ko‘payishi, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha o‘tkir inqirozning keskinlashuviga guvoh bo‘lmoqdamiz. Bu chaqiruvga javob berishni istasak, birgalikda ishlashimiz va keng qamrovli strategiyadan foydalanishimiz kerak, - dedi Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches.

Noqonuniy migrasiyaga qarshi kurash Sahel mintaqasida xavfsizlik muammolarini murakkablashtiradi. Nuakshot Malidagi qiyin vaziyat tufayli muhojirlar oqimiga duch keldi.

150 ming qochqinga boshpana bergan Mavritaniya ham tranzit hududga, ham muhojirlarning oxirgi manziliga aylanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!