YEI Kengashi sun’iy intellektdan foydalanishni tartibga soluvchi dunyodagi birinchi qonunni ma’qulladi

 YEI Kengashi sun’iy intellektdan foydalanishni tartibga soluvchi dunyodagi birinchi qonunni ma’qulladi

EI Kengashi rasmiy saytida xabar berilishicha, qonun 21 may kuni ma’qullangan.

Yangi qonun sun’iy intellektga asoslangan turli xil tizimlarni xavfiga qarab tasniflaydi. Cheklangan xavfga ega sun’iy intellekt tizimlari “juda oddiy” shaffoflik talablariga bo‘ysunadi. Yuqori xavfli sun’iy intellekt tizimlari Yevropa Ittifoqi bozoriga kirish uchun bir qator majburiyatlarni bajarishi kerak bo‘ladi.

Fuqarolar huquqlariga tahdid soladigan ba’zi SI ilovalari taqiqlanadi. Xususan, biometrik identifikasiya tizimlari, «ijtimoiy reyting» tizimlari, shuningdek, inson xatti-harakatlarini boshqaradigan yoki odamlarning zaif tomonlaridan foydalanadigan sun’iy intellektlar taqiqlanadi.

Endi hujjat YEI Kengashi va Yevroparlament rahbarlari tomonidan imzolanishi kerak, shundan so‘ng u taxminan bir oydan keyin kuchga kiradi. YEI mamlakatlariga undan foydalanishga tayyorgarlik ko‘rish uchun ikki yil vaqt beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!