ECHLda hafta o‘yinlariga hakamlar tayinlandi

Chempionlar ligasida hafta o‘yinlariga hakamlar tayinlandi.
1/8 final yo‘llanmasi uchun javob o‘yinlari seshanba va chorshanba kunlari bo‘lib o‘tadi.
"Milan" va "Feyenoord" o‘rtasidagi o‘yinni polshalik Shimon Marchinyak boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
"Atalanta" - "Bryugge" uchrashuviga germaniyalik Feliks Svayer tayinlangan.
"Bavariya" va "Seltik" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni fransiyalik Benua Bastyen boshqarib boradi.
"Benfika" - "Monako" uchrashuviga shvesiyalik Glenn Nyuberg tayinlangan.
"Sporting" va "Borussiya" Dortmund uchrashuvini Davide Massa boshchiligidagi Italiya hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
"Real" va "Manchester Siti" o‘yiniga ruminiyalik Ishtvan Kovach tayinlangan, VARda polshalik Tomash Kvyatkovski va niderlandiyalik Dennis Xigler ishlaydi.
"PSJ" va "Brest" o‘rtasidagi o‘yinni angliyalik Maykl Oliver boshqarib boradi.
PSV va "Yuventus" o‘rtasidagi o‘yinni sloveniyalik Slavko Vinchich boshqarib boradi.