ECHL-2017/18ning eng yaxshi futbolchilari bo‘lishga nomzodlar e’lon qilindi

ECHL-2017/18ning eng yaxshi futbolchilari bo‘lishga nomzodlar e’lon qilindi

UYEFA Chempionlar ligasining 2017/18 yillar mavsumi yakunlariga ko‘ra har bir pozisiya bo‘yicha eng yaxshi deb e’tirof etish uchun nomzodlar ro‘yxatini taqdim etdi.

Ro‘yxatga kiritilgan futbolchilarning teng yarmi musobaqada «Real» sharafini himoya qilgan o‘yinchilardir. 

G‘oliblar 30 avgust kuni Monakoda, yevrokuboklarning yangi mavsumi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimida e’lon qilinadi.

Nominantlar ro‘yxati quyidagicha:
Darvozabonlar: 
Alisson ("Roma"), Keylor Navas ("Real"), Janluiji Buffon ("Yuventus");
Himoyachilar: Rafael Varan, Marselo, Serxio Ramos (barchasi – "Real");
Yarimhimoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich (ikkalasi – "Real"), Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti");
Hujumchilar: Muhammad Saloh ("Liverpul"), Lionel Messi ("Barselona"), Krishtianu Ronaldu ("Real").

Ushbu nomzodlar YECHL o‘tgan mavsumining guruh bosqichida ishtirok etgan 32 jamoaning bosh murabbiylari, shuningdek UYEFAga a’zo barcha assosiasiyalardan 55 nafar jurnalist o‘rtasida o‘tkazilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra tanlab olingan. Bunda murabbiylarning o‘z shogirdlariga ovoz berishlari taqiqlangan.

ECHL 2016/17 yillar mavsumining eng yaxshilari quyidagi futbolchilar bo‘lishgandi:
Darvozabon: Janluiji Buffon ("Yuventus")
Himoyachi: Serxio Ramos ("Real")
Yarimhimoyachi: Luka Modrich ("Real")
Hujumchi: Krishtianu Ronaldu ("Real")

Manba: tribuna.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!