DXX Toshkentda 3 million 720 ming AQSh dollari olayotgan rahbarni fosh qildi (+video)

DXX Toshkentda 3 million 720 ming AQSh dollari olayotgan rahbarni fosh qildi (+video)

Bugun mamlakatimizda yerdan unumli foydalanish, fermer va tadbirkorlar uchun yetarli sharoitlar yaratish masalasiga katta e’tibor qaratilyapti.

Biroq, ayrim qo‘shtirnoq ichidagi ishbilarmonlar bunday imkoniyatlarni suiiste’mol qilib, davlat tomonidan ajratilgan yerlarni boshqa birovga noqonuniy sotishga harakat qilishmoqda.

O‘zAning yozishicha, Qibraylik tadbirkorning bog‘dorchilik va chorva mollariga yaylov uchun yer ajratilishini so‘rab, o‘zi yashayotgan tuman hamda Toshkent viloyatining boshqa tumanlari hokimliklariga qilgan murojaatlari kutilgan natijani bermaydi.

Shunda uning muammosidan xabar topgan Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi chorvachilikka ixtisoslashgan «Asiyan Milk Best» mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari “T.Q.” ushbu jamiyatga tegishli Quyichirchiq tumanidagi 360 gektar sug‘oriladigan yerni va hozirda norasmiy foydalanib kelayotgan tuman zaxirasidagi 100 gektar yerni uning nomiga o‘tkazib berishini aytib, evaziga 3 mln. 700 ming AQSh dollari so‘raydi. Shuningdek, bu ishlarni rasmiylashtirib berish uchun Quyichirchiq tumani hokimligidagi mansabdor shaxsga berishini aytib, yana 20 ming AQSh dollari talab qiladi.

DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “T.Q.” tadbirkordan jami 3 mln. 720 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!