Dunyodagi eng qimmat mashina kartondan yasaldi

Dunyodagi eng qimmat mashina kartondan yasaldi

YouTube bloger King of Crafts video orqali dunyoning eng qimmat mashinasi — Royse Boat Tail nusxasini yaratish jarayonini ko‘rsatdi.

U eng oddiy va eng arzon material — kartondan mashinaning korpus panellarini yasagan, shuningdek, alyuminiy quvurlardan ham foydalangan.

Nusxa biroz qo‘pol bo‘lib chiqqaniga qaramay harakatlanmoqda. Eshiklari ishlaydi, rul va pedallari bor, u soatiga 50 kilometr tezlikda harakatlanadi.

Boat Tail karton nusxasini yaratish uchun bir necha hafta kerak bo‘lgan.

Videoda barcha bosqichlar — po‘lat quvurlarni payvandlash va g‘ildiraklarni o‘rnatish, sinovdan o‘tkazish va yelim yordamida yopishtirilayotgan kartondan yasalgan korpusni ko‘rish mumkin.

Blogerning o‘zi rul va pedallarni alyuminiy qoldiqlaridan yasagan va old panel, radiator panjarasi, g‘ildirak kamarlari va bamperlar uchun qismlar yaratishda kartonlardan foydalangan. Faqatgina bir nechta tayyor elementlardan biri bu boshqa mashinadan qarzga olingan o‘rindiqlardir.

Boat Tail atigi uch nusxada mavjud, ularning har biri 28 million dollarni tashkil etadi. Model Phantom’dan boshlab Rolls-Royce’ning barcha yangi modellari asoslangan Luxury Architecture of Luxury platformasida qurilgan va 6,75 litrli V12 dvigatel bilan jihozlangan. Uchta yig‘ilgan mashinadan biri qo‘shiqchi Beyonse va uning turmush o‘rtog‘i repper Jay-Z’ga tegishli ekani haqida mish-mishlar tarqalgan.

Bu blogerning birinchi mehnat mahsuli emas, uning arsenalida Mercedes-AMG G 63 to‘liq o‘lchamli karton nusxasi bor, u ham harakatda va soatiga 40 kilometrgacha tezlasha oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!