Dunyoda koronavirus qurbonlari 700 000 dan oshdi

Dunyoda koronavirus qurbonlari 700 000 dan oshdi

Dunyodagi eng muhim voqealar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni to‘playdigan Worldometer portaliga ko‘ra, dunyoda 700 mingdan ortiq odam koronavirusdan vafot etdi.

Portalga ko‘ra, COVID-19 pandemiyasi boshlangandan beri 704 231 kishi virusdan o‘ldi. Dunyoda 18 697 882 kishi virusga chalinishga ulgurdi.

Amerika Qo‘shma Shtatlarida 4,9 million odam virus yuqtirdi, 160 mingdan ko‘proq kishi vafot etdi, Braziliyada 2,8 million yuqtirish holati va 90 mingdan ortiq o‘lim qayd etildi, Hindistonda 1,9 million kishi koronavirusga chalindi va 39,8 ming kishi o‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!