Dubayga fohishalik uchun ayol sotganlarga hukm o‘qildi

A A A
Dubayga fohishalik uchun ayol sotganlarga hukm o‘qildi

Bir fuqaro (ayol) Bektemir tuman IIO FMB boshlig‘iga ariza bilan murojaat qiladi. O‘z arizasida ikki nafar ayol uni aldab, Dubayga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yuborayotganligini ma’lum qilgan...

Gap shundaki, uch nafar ayol bir guruh bo‘lib arizachiga Dubaydagi mehmonxonalarda fohishalik bilan shug‘ullanish orqali moddiy mablag‘ orttirishlikni taklif qilishadi. Fuqaro ularni taklifiga rozilik bergunga qadar esa uchib ketish hujjatlarini tayyorlab qo‘yadi. Arizachidan foydalanish maqsadida ya’ni, uni yollash – fohishalik bilan shug‘ullanishi uchun Dubayga yuborayotgan vaqtlarida Toshkent halqaro aeroportida tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan.

Ayollardan ikki nafari 49 yoshni qoralagan, uchinchisi esa 69 yosh. Har biri ikki nafar farzandning onasi. Eng hayratlanarlisi shundaki, 49 yoshli ayollardan biri muqaddam qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash jinoyatini sodir qilib sudlangan. Xulosa qilib, to‘g‘ri yo‘ldan yurish o‘rniga yana boshi berk ko‘chani tanlagani kishini o‘yga toldiradi.

“Nima qilishimni bilmay, Bektemir tuman IIO FMBga bordim...”

Sud majlisida har uchchalasi aybiga qisman iqrorlik bildirdi. So‘roq qilingan jabrlanuvchi esa quyidagilarni ma’lum qildi...

— Qizimning operasiyasi uchun order olti oydan so‘ng berilishini bilgach, uyga yig‘lab ketayotgan vaqtimda uch yildan buyon tanish bo‘lib qolgan 49 yoshli ayolni ko‘rib qoldim. Salomlashganimda ko‘nglim buzulganini sezib, nimadan hafa ekanimni so‘radi. “Qizimning operasiyasi uchun pul kerak. Tayinli joyda ishlamasam, biror tanishingiz bo‘lsa ishga joylashishimda ko‘mak bering”, dedim. Shunda u egizak opasining tanishi borligini, u Dubaydagi mehmonxonada O‘zbekistondan borgan yosh qizlarni fohishalik bilan ishlatishini aytdi. Agar xohlasam shu tanishi orqali meni Dubayga yuborishini va yaxshigina daromad topishim mumkinligini bildirib, roziligimni so‘radi. Qizimning operasiyasi uchun pul juda zarurligi bois fohishalik bilan shug‘ullanishga ham rozi ekanimni ma’lum qildim. Shu kuniyoq tanishimning opasi qo‘ng‘iroq qildi. Hujjatlarni o‘zlari tayyorlashini va Dubayga borish uchun ketadigan xarajatlarni to‘lamasligimni aytdi. Bir oyda 1000 AQSh dollari atrofida pul topishimni, faqat ish topib berishgani uchun ularga har oyda 250 AQSh dollari berib turishimni bildirishdi. Gaplarini eshitib, “o‘ylab ko‘raman”, dedim.

Shu kuni opa-singillarning tanishi qo‘ng‘iroq qildi. 69 yoshli bu ayol meni Dubayga o‘zi jo‘natishini, ish bilan ta’minlashini va mijozlarga qanday “xizmat ko‘rsatishim”ni tushuntirdi. Uyimga esa egizak opa-singillarning kichigi kelib, chet elga chiqishga ruxsat beruvchi pasportimni unga berishimni, Dubayda deportim bor yoki yo‘qligini tekshirishini aytdi. Shu sababli unga pasportimni berdim, ketdi.

Ertasi kuni 69 yoshli ayol qo‘ng‘iroq qilib, deport aniqlanmaganini, Dubayga uchib ketishim uchun samalyotga chipta olganini va sug‘urta hujjatlarini ham tayyorlab qo‘yganini aytdi. Gaplarini eshitib, “qanday qilib, rozilik bildirmasimdan avval hujjatlarimni rasmiylashtirdingiz?” deya so‘raganimda ayol “rozilik ham kutib o‘tirmaymiz, buni o‘yin deb o‘ylasangiz xato qilasiz. Uchishga tayyor turing”, deganida jaxlim chiqib telefonni o‘chirib ko‘ydim. Ayolning gaplarini tekshirish maqsadida opa-singilga qo‘ng‘iroq qilganimda tasdiqlashdi. Ulardan biri agarda Dubayga ketadigan bo‘lsam, ketgunimga qadar pasportim ularda turishini aytganida jaxlim chiqib, ularni haqoratladim. Jahl ustida ularning oldiga yo‘l oldim. Ketayotgan vaqtimda o‘yin qilishayotganligini bilib, opa-singillar bilan o‘rtamizda bo‘ladigan suhbatni yozib olish uchun diktafon yoqib qo‘ydim. Hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ma’lum miqdorda pul sarflashganini, endilikda ushbu pullarni to‘lab berishim kerakligini aytishdi. Ertasi kuni yana ularning oldiga bordim, pasportimni qaytarib berishdi.

So‘ng opa-singillar tinmay qo‘ng‘iroq qila boshlashdi. Kechga yaqin qo‘ng‘iroqqa javob bergan vaqtimda gaplashib olishni taklif qilishdi. Oldilariga ketayotgan vaqtimda suhbatni yozib olish uchun diktafonni yoqib oldim. Nima sababdan Dubayga borib fohishalik bilan shug‘ullanishdan bosh tortayotganimni, hujjatlar rasmiylashtirilgani, borib pul ishlab kelishimni aytishdi. Agarda Dubayda ular uchun fohishalik bilan shug‘ullanmasam, Toshkentda opa-singillarning qo‘lida fohishalik qilib, pullarni to‘lab berishimni aytishdi...

Oradan bir necha kun o‘tib, 69 yoshli ayol qo‘ng‘iroq qilib, tibbiy tekshiruvlardan o‘tishim uchun egizak opaga pul jo‘natganini, barcha tibbiy tekshiruvlardan o‘tib Dubayga ketishga tayyor turishimni aytdi. Nima qilishimni bilmay, Bektemir tuman IIO FMBga bordim...

Tezkor tadbirga ko‘ra, egizak opa bilan uchrashish uchun Toshkent xalqaro aeroportiga bordim. O‘sha yerda koronavirus tekshiruvlaridan o‘tdim, haqini egizak opa yonidan to‘ladi, xayrlashib ketdik. Shu kuni yana qo‘ng‘iroq qilib, bir mijozga “xizmat ko‘rsatib”, unga pul ishlab ketishim kerakligini aytdi. Uning uyiga borganimda notanish erkak spirtli ichimlik ichib o‘tirganini ko‘rdim. Ularning oldiga kirishdan avval diktafonimni yoqib qo‘ydim. Egizak opa va notanish erkak Dubayda qanday ishlash kerakligi, agarda aytilgan ishlarni qilmasam o‘zimga yomon bo‘lishini do‘q qilib tushuntirishdi. Mendan Dubayga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun emas, balki do‘konda sotuvchilik qilish uchun ketayotganim to‘g‘risida tilxat yozib berishimni so‘radi, IIO FMBga bergan arizam yuzasidan holatlar tekshirilayotgani ma’lum bo‘lib qolmasligini oldini olish uchun tilxat yozib berdim. Ular sarflagan pullarni Dubayda “ishlab” qoplamagunimga qadar belgilangan xonadan chiqmasligim va topgan pulimni qo‘limga olmasligini aytishdi. Ertasi kuni tongda egizak opa bilan birga Toshkent xalqaro aeroportiga bordim. Shunga qadar egizak singil telefonda aloqada bo‘lib, qayerda ekanim, nimalar bilan shug‘ullanayotganimni bilib turishdi. Shu tariqa tazkor tadbir davomida ular qo‘lga olindi.

SUD HUKM QILDI

Egizak opaga Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 2-qismi “e” bandi bilan aybli deb topildi va JKning 57-moddasini qo‘llab, 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. JKning 60-moddasiga muvofiq, jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudining 2020 yildagi hukmiga ko‘ra, JKning 131-moddasi (qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 2-qismi bilan tayinlangan ozodlikni cheklash jazosining o‘talmay qolgan ozodlikni cheklash jazosini qisman qo‘shish yo‘li bilan unga 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan maxrum qilish jazosi tayinlandi. Sudlanuvchi sud zalidan qamoqqa olindi.

Egizak opaga esa 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi, sud zalidan qamoqqa olindi.

69 yoshni qarshi olgan sudlanuvchiga esa 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Umidjon Xakimov,

jinoyat ishlari bo‘yicha

Bektemir tuman sudi sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

"Manchester Siti"ning O‘zbekistondagi hamkori ma’lum bo‘ldi

Англиянинг "Манчестер Сити" клуби Ўзбекистоннинг "Artel" компанияси билан ҳамкорлик қилади.

«Busiz iloji yo‘q»: Zelenskiy Ukraina Rossiya aktivlarisiz yashay olmasligini aytdi

Киев режими раҳбари Владимир Зеленский Украина мусодара қилинган Россия активларисиз яшай олмаслигини айтди, деб ёзади Sky News.

Moskva viloyatidagi maktabda millatchi o‘smirning pichoq bilan qilgan hujumi oqibatida o‘quvchilardan biri o‘ldirildi — “TASS”

Москва вилоятидаги Горки-2 аҳоли пунктида жойлашган мактабнинг тўққизинчи синф ўқувчиси қўриқчини пичоқлаб, сўнгра ўн ёшли тўртинчи синф ўқувчисига ҳужум қилди.

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.