Dubay kompaniyasi «Barselona»ning ulkan qarzini uzishga yordam bermoqchi

Dubay kompaniyasi «Barselona»ning ulkan qarzini uzishga yordam bermoqchi

Xabar qilinishicha, Dubayda joylashgan kompaniya Kataloniya gigantining qarzlarini uzib yuboradigan 1,6 milliard dollarlik paket bilan «Barselona» klubiga yordamga kelgan.

COVID-19 pandemiyasi va ko‘p yillik noto‘g‘ri moliyaviy boshqaruvdan keyingi holat ispan klubini tiz cho‘ktirdi. Yozda u raqiblariga eng mashhur o‘yinchisi Lionel Messini sotishga majbur bo‘ldi, vaholanki bir necha oy oldin bu voqea sodir bo‘lishiga aql bovar qilmas edi.

Klubning qarzi taxminan Dubay firmasi taklif qilgan miqdorga teng. «Barselona» ham futbolchilarning maoshini kamaytirishga majbur bo‘ldi. Klub daromadining 102 foizini ish haqiga sarflagan paytlar ham bo‘lgani aytilmoqda.

Hisobotda aytilishicha, Dubaydan taklif shartlari juda ijobiy bo‘lib, agar «Barselona» bu taklifni qabul qilsa, hisobiga darhol katta pul mablag‘larini tushadi, bu esa klubning holatini barqarorlashtiradi.

Gap shundaki, Yevropa giganti bu taklifni qabul qiladimi-yo‘qmi? Yaqinda «Barselona» La Liga va xususiy sarmoyaviy firma o‘rtasida ko‘p milliard dollarlik investisiya va daromadni taqsimlash bo‘yicha kelishuvni rad etgan edi. Kelishuvga ko‘ra, klub o‘z daromadining o‘n foizi va o‘z biznesining o‘n foizdan ko‘prog‘idan voz kechishi talab etilgan edi.

Dubaydan taqdim etilgan taklifning tafsilotlari aniq emas, lekin ma’lum bo‘lishicha, kompaniya juda past foizni talab qilgan va bu kelishuvni yanada jozibador qilishi mumkin.

«Barselona» bu kelishuvga rozi bo‘ladi, deyishga hali erta bo‘lsa-da, bu taklif Fors ko‘rfazi mamlakatining sport olamida Yevropa grandlariga ega bo‘lish xohishi oshayotganini ta’kidlaydi. Abu Dabi allaqachon «Manchester Siti»ni qo‘lga kiritgan, «Barselona»ni ham BAA ixtiyoriga o‘tishi sport olamida katta to‘ntarish bo‘ladi.

Xabar qilinishicha, Saudiya Arabistoni Italiyaning «Inter» klubiga qiziqmoqda, shuningdek «Nyukasl»ni sotib olish taklifi ham butunlay rad etilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!