Dori savdosida shifokorlarni rag‘batlantirish joizmi?

Dori savdosida shifokorlarni rag‘batlantirish joizmi?

Savol

Assalomu alaykum, ustoz, biz dori savdosi bilan shug‘ullanuvchi kompaniyada ishlaymiz. Dorilarimiz O‘zbekistonda hali taniqli bo‘lmagani uchun vrachlar bilan hamkorlik qilishni rejalashtiryapmiz. Ya’ni bemorlarga bizning dorilarni tavsiya qilinishini rag‘batlantirish niyatimiz bor, dori narxining ma’lum bir foizi miqdorida. Shu ishimiz joizmi?


Javob

Agar raqobatchingiz bo‘lib, sizning rag‘batlantirishingiz uning savdosini susaytirsa, bu ishingiz joiz emas. Ammo raqobatchingiz bo‘lmasa, reklama yurishi sifatida bu ishingizning nojoiz jihati yo‘q.

Alloh yanada bilguvchiroq.

Mubashshir AHMAD,

Azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!