Dominikan Respublikasida maymunchechakning birinchi holati qayd etilgan

Dominikan Respublikasida maymunchechakning birinchi holati qayd etilgan

Dominikan Respublikasida odamlarda birinchi maymun chechak kasalligi qayd etilgan.
Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Daniel Riveraga tayanib, “ RIA Novosti ” xabar bermoqda.

“Natija ijobiy. Bemorda maymunchechak kasalligi borligi tasdiqlandi”, - dedi Rivera matbuot anjumanida.

Ta’kidlanishicha, bemor AQShdan Dominikan Respublikasiga qaytgan.

Hozirda bemor izolyasiyada, ahvoli barqaror.

JSSTning Yevropa bo‘yicha mintaqaviy direktori Xans Klyugening RTga aytishicha , odamlar orasida maymunchechakning tarqalish ko‘lami haqiqiy xavf tug‘dirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!