Dog‘istondagi hujumga «Islomiy davlat»ning bo‘limi aloqador bo‘lishi mumkin - ISW

Dog‘istondagi hujumga «Islomiy davlat»ning bo‘limi aloqador bo‘lishi mumkin - ISW

23 iyun kuni Maxachqal’a va Derbentda sinagogani o‘t qo‘yish, 2 ta cherkov va yo‘l polisiyasi postiga hujumlar «Islomiy davlat» terrorchilik guruhining Shimoliy Kavkaz bo‘limi – «Kavkaz Viloyati» tomonidan sodir etilgani aytilmoqda. Bu haqda Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) kundalik hisobotida aytiladi.

Tahlilchilarga ko‘ra, tashkilot respublikadagi nishonlarga «murakkab va muvofiqlashtirilgan hujum» uyushtirgan bo‘lishi mumkin.

Shanxay Hamkorlik Tashkilotining mintaqaviy aksilterror tuzilmasi avvalroq Viloyat Kavkaz Moskva yaqinidagi Krokus Siti Xoll konsert zaliga 22 mart kuni uyushtirilgan hujumdan so‘ng faollashgani va 2024 yil aprelidan Shimoliy Kavkazda ishchilarni yollash bo‘yicha chaqiriqlarni kuchaytirgani haqida alohida ogohlantirgan edi.

Rossiya rasmiylari 2024 yilning mart oyidan beri Shimoliy Kavkazda terrorchi guruhlarning kuchayib borayotgan ta’siriga qarshi kurashish uchun aksilterror operasiyasini o‘tkazishga harakat qilmoqda, biroq Krokus hujumidan keyin asosan Ukraina va NATOni hujumda ayblashga e’tibor qaratdi.

Moskvaning musulmon ozchilik, ayniqsa Kavkazdagi musulmonlar bilan munosabatlari tobora keskinlashib borayotgani Kazkaz viloyati va boshqa ekstremistik guruhlarni qimmatli kadrlar bazasi bilan ta’minlashda davom etishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!