Diyora Keldiyorova Olimpiada chempionini mag‘lub etib, Katta Dubulg‘a turniri oltin medaliga sazovor bo‘ldi

Diyora Keldiyorova Olimpiada chempionini mag‘lub etib, Katta Dubulg‘a turniri oltin medaliga sazovor bo‘ldi

Tbilisida dzyudo bo‘yicha Katta dubulg‘a turnirining final bahsida o‘zbekistonlik Diyora Keldiyorova ishtirok etdi.

-52 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda Diyora Keldiyorova Tokio Olimpiadasi chempioni, kosovalik Distriya Krasnichga qarshi tatamiga chiqdi va raqibasini ippon bahosi evaziga taslim etdi.

40 soniyada qo‘lga kiritilgan ushbu g‘alaba o‘zbekistonlik sportchiga oltin medal bilan birga 1000 reyting ochkosini ham olib keldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!