Diqqat! Pensiya pullari har oyning 4 sanasidan 27 sanasiga qadar tarqatiladi

Diqqat! Pensiya pullari har oyning 4 sanasidan 27 sanasiga qadar tarqatiladi

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘layotgan mavzu yuzazidan Xalq banki rasmiy munosabat bildirdi.

Pensiya va nafaqa pullarining plastik kartalar orqali to‘lanadigan qismi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tomonidan joriy yilning 7  sentyabr kuniga qadar to‘liq moliyalashtirildi va Xalq banki tomonidan shu kunning o‘zida 95 foiz mazkur pensiya va nafaqa mablag‘lari  plastik kartalarga o‘tkazib berildi.  Ayrim texnik sabablarga ko‘ra qolgan mablag‘lar ham bir bank ish kuni mobaynida pensionerlarimizning plastik kartalariga tushirib beriladi.  

Bank axborot xizmati ma’lum qilishicha, o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, pensiya pullari har oyning 4 sanasidan 27 sanasiga qadar Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladi va Xalq banki  tomonidan tarqatiladi.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!