Deyarli butun o‘yin bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan "Nasaf" "Dinamo" bilan durang o‘ynadi

Deyarli butun o‘yin bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan "Nasaf" "Dinamo" bilan durang o‘ynadi

Superliganing 9-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Dinamo" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

11-daqiqada mezbonlar bir kishi kam bo‘lib qoldi. "Ajdarlar" sardori G‘olib G‘aybullayev maydon markazida Kojoga nisbatan qo‘pol harakat qildi va hakam uni maydondan chetlatdi. 24-daqiqada Akmal Mozgovoy hisobni ochgan bo‘lsa, 60-daqiqada Dushan Miyich hisobni tenglashtirdi.

Shu tariqa, "Nasaf" yetakchiga aylanib olishi imkoniyatini qo‘ldan chiqardi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!