Departament organlari tomonidan yer savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Departament organlari tomonidan yer savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jomboy tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar A.SH. va I.X. fuqaro Z.ning xabardorligisiz unga qarashli 5 sotix yer maydonini hamda ushbu hududga tutash hokimlik zahirasidagi yana 5 sotix yer maydonini boshqa bir fuqaro I.ga firibgarlik yo‘li bilan 11 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 10 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shu kabi, Departament hamda DXXning To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro SH.I. fuqaro R.ga “CH.B.” fermer xo‘jaligi foydalanuvida bo‘lgan yer maydonini o‘ziga tegishli ekanligini aytib, ushbu yer maydonini unga rasmiylashtirib berish evaziga 3 200 AQSh dollari va 75 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Andijon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, muqaddam sudlangan E.P. fuqaro D.ning ishonchiga kirib, Xo‘jaobod tumani hududida go‘yoki 8 sotix yer maydoni uning onasiga meros bo‘lib qolganligini aytib, ushbu yer maydonini uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilib, jami 4 250 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!