Demokratlar Tramp natijalar rasmiy etilmaguncha g‘alabani e’lon qilgan taqdirda reja tayyorlamoqda
Bu haqda Reuters agentligi Xarrisning saylovoldi shtab-kvartirasi vakillariga tayanib xabar berdi. Demokratik partiya respublikachi nomzod 2020 yilda bo‘lgani kabi g‘alabani muddatidan oldin e’lon qilishi mumkinligiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Saylov bo‘yicha ekspertlarning ogohlantirishicha, yakuniy natijalar ma’lum bo‘lishi uchun bir necha kun kerak bo‘lishi mumkin, ayniqsa ayrim muhim shtatlarda ovozlarni qayta sanash talab etilsa. Odatda g‘olibni rasmiylar ma’lumotlariga tayanadigan ommaviy axborot vositalari e’lon qiladi.
«Afsuski, agar u shunday qilsa va u haqiqatan ham matbuotni manipulyasiya qilayotgani va Amerika xalqining fikrini o‘zgartirishga urinayotganini aniqlasak... biz javob berishga tayyormiz», dedi Xarris intervyusida.
Nashrning Demokratik partiyadagi manbalariga ko‘ra, bu holatda partiya ovozlarni sanash chog‘ida osoyishtalik va sabrli bo‘lishga chaqiriqlar bilan to‘ldiriladi.
2020 yilda Tramp saylov kunining ertasiga, birinchi teletarmoqlar g‘olib deb nomlanishidan uch kun oldin o‘zini g‘olib deb e’lon qildi. Natijada u raqibi Jo Baydenga yutqazdi va bu natijani hech qachon tan olmadi.