Dehqon va fermerlarga qulay bo‘lgan 250 million dollarlik kredit, lizing va sug‘urtaning yangi turlarini yo‘lga qo‘yiladi

Dehqon va fermerlarga qulay bo‘lgan 250 million dollarlik kredit, lizing va sug‘urtaning yangi turlarini yo‘lga qo‘yiladi

Yig‘ilish yakunida mutasaddilarga:

- aholiga bo‘lib berilgan 200 ming gektar, dala chetlaridagi 50 ming gektar hisobidan 5 million tonna qo‘shimcha mahsulot yetishtirishni ta’minlash;

- iqtisodiy instrumentlarni ko‘paytirib, hokim yordamchilari tizimi orqali ushbu yerlarda kooperasiyani rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash;

- dehqon va fermerlarga qulay bo‘lgan 250 million dollarlik kredit, lizing va sug‘urtaning yangi turlarini yo‘lga qo‘yish;

- ko‘p import bo‘layotgan 25 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini o‘zimizda ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha 1,8 trillion so‘mlik 2 mingta loyihani ishga tushirish;

- bozorlardagi narx-navo o‘zgarishi va mahsulot kamayishini oldindan hisob-kitob qilish, oziq-ovqat inflyasiyasini 10 foiz chegarada qat’iy ushlab turish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish davomida hudud va tarmoqlar rahbarlarining hisoboti eshitildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!