Dehlida havo xavfli darajada ifloslangani sababli bir qator cheklovlar joriy qilindi

Dehlida havo xavfli darajada ifloslangani sababli bir qator cheklovlar joriy qilindi

Dehli poytaxt okrugi hokimiyati shaharda havo xavfli darajada ifloslangani sababli cheklovlar kiritadi. Bu haqda Hindiston poytaxti bosh vaziri Arvind Kejrival ma’lum qildi.

«Dushanbadan boshlab, bir hafta davomida barcha maktablar yopiladi, o‘quvchilar virtual shaklda ta’lim oladi. Shahardagi barcha qurilish ishlari 14 noyabrdan 17 noyabrgacha to‘xtatiladi», — dedi u.

Kejrivalning qo‘shimcha qilishicha, barcha davlat muassasalari bir hafta davomida masofadan ishlash rejimiga o‘tadi.

Nyu-Dehli va uning atrofidagi Gurgaon, Noida va G‘oziobod shaharlarida 5 noyabrdan buyon havo sifati keskin yomonlashgan. Aholi havo yetishmasligi va ko‘z qichishishidan shikoyat qilmoqda, tibbiyot muassasalariga murojaatlar soni ko‘paygan.

Hindiston poytaxtida havo ifloslanishining asosiy sababi shahar atrofidagi dalalarda kuzgi hosil yig‘ishtirib olinganidan so‘ng somonlarning yoqib yuborilishidir. NDTV telekanalining xabar berishicha, juma kuni kechqurun poytaxt atrofidagi dalalarda 4 mingdan ortiq yong‘in qayd etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!