Davlat test markazi sudda yutqazdi. Endi namanganlik abituriyent talaba bo‘lishi kerak! Ammo...

A A A
Davlat test markazi sudda yutqazdi. Endi namanganlik abituriyent talaba bo‘lishi kerak! Ammo...

Janubiy Koreyada har yili o‘tkaziladigan o‘qishga qabul imtihonlari tizimi (CSAT) o‘zining ijobiy tomonlari bilan bu boradagi qoloq va rivojlanayotgan davlatlar uchun o‘rnak bo‘ladi. CSAT (college scholastic ability test) – o‘quvchilarning oliy o‘quv dargohiga qabul imtihonlari jarayonini anglatadigan tizimdir. Bu tizim 1994 yildan buyon samarali ishlab kelmoqda. Test jarayonlari yilda bir marta, noyabr oyida o‘tkaziladi. Bu kunni abituriyentlar «inson taqdiri hal bo‘ladigan kun» deb atashadi. 

Hukumat imtihonlar chindan ham shaffof o‘tishini nazoratiga oladi. Katta bozorlar ishlamaydi. Keraksiz yoki muqobil varianti bor samolyot reyslari vaqtincha to‘xtatiladi. Shovqinlar darajasi kamaytiriladi. Mamlakat sokinlikka cho‘madi. Ko‘chada polisiya mashinasi ichida imtihonga ketayotgan abituriyentlarga ham ko‘zingiz tushsa hayron bo‘lmang. Polisiya xodimlari abituriyentlar imtihon binosiga kech qolmasligi uchun ko‘maklashayotgan bo‘ladi. Ular yoshlar kelajak asoschilari bo‘lishini yaxshi anglashadi. 

Imtihon jarayonlariga mansabdor shaxslar pul topish imkoniyati sifatida qaramaydi. Bunga tubanlikning eng oxirgi bosqichi sifatida qarashadi. Ular bu jarayondan faqatgina razil shaxslar o‘z manfaati yo‘lida foydalanadi, deb bilishadi. Ular bu sohada kelajakka deyarli xiyonat qilishmaydi.

Afsuski, bizda, O‘zbekistonda kirish imtihonlarida qabih ishlar uchrab turadi. Odamlar bir-birini aldaydi. Bir tomon farzandi o‘qimasdan, tayyorlanmasdan, qiynalmasdan va hattoki imtihonsiz, pora evaziga o‘qishga kirishini istasa, ikkinchi taraf unga ko‘maklashib o‘sha harom pulni olib, bolasiga yediradi. Oqibatda birinchi tarafning farzandi bo‘lg‘usi poraxo‘r bo‘lib yetishadi. Nafsi yo‘lida Benjamin Franklin rasmi tushirilgan dollarlarda pora oladigan shaxsga aylanadi. Ikkinchi tarafning farzandi ham «haromxo‘r» bo‘ladi, barcha razilliklarni qiladi. Chunki harom yeb katta bo‘lganda! Vaqt o‘tib ota-onalar «Nega, ey Xudo? Cenga nima yomonlik qilgandim?» deb attang qilib qolishadi. Lekin kech bo‘ladi. Bu dunyodagi jazo esa hech narsa emas...

 

«Kun.uz» tahririyatiga yaqinda Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi oila murojaat qildi. Oila boquvchisi Alisher Rahimovning aytishicha, qizi Muxlisa Axmadullayeva o‘tgan yili Namangan Davlat universitetining «Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo‘nalishi»ga hujjat topshirgan. 1 avgust kuni o‘tkazilgan imtihonlar yakuni bo‘yicha 59,8 ball to‘plagan va kirish imtihonidan yiqilgan. Yillar davomida tayyorlangan abituriyent o‘z natijasidan hayratlangan. Shubhalangan.

Oila Toshkent shahriga kelib Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga yozma e’tiroz bildirgan. E’tiroz ko‘rib chiqilgan. Ularga test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasi ko‘rsatilgan. Bu qog‘ozlar Muxlisaniki emasdi. 

Ular sudga ariza bilan shikoyat qilgan. Otaning ta’kidlashicha, Davlat test markazi direktori Majit Karimov «Agar sudda yutsangiz, men qizingizni albatta o‘qishga tiklatib beraman» deb va’da qilgan.

Ishni Toshkent shahar Sergeli tumani ma’muriy sudi ko‘rib chiqqan. Avvaliga sud tomonidan test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasidagi yozuvlar soxta yoki soxta emasligini aniqlash maqsadida ekspertiza tayinlangan. O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi ekspertiza o‘tkazgan. Xulosaga ko‘ra, qog‘ozlardagi imzo va yozuvlar Muxlisaniki emasligi aniqlangan. 

Nihoyat, 2018 yilning 19 iyul sanasida Sergeli tuman ma’muriy sudi hal qiluv qarorini e’lon qiladi. Davlat test markazi tomonidan taqdim qilingan savollar kitobi va javoblar varaqasi haqiqiy emas deb topiladi. Yashasin adolatli sud!  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi zimmasiga shikoyatni qayta ko‘rib chiqish majburiyati yuklatildi.

Biroq, hozirga qadar Muxlisaning o‘qishga tiklanish masalasi aro yo‘lda qolmoqda. Va’da bergan boshliq bu uning vakolati emasligini tushunib yetgan. Ma’muriy sud abituriyentlarni talabalikka qabul qilish Davlat qabul komissiyasi vakolatiga kirishini ma’lum qilgan. Oila qizining o‘qishga tiklanishini istaydi. Ular juda ko‘p tashkilotlarga murojaat qilishgan. Lekin natija yo‘q.

Alisher akaning so‘zlariga ko‘ra, Davlat test markazi xodimlari qizdan qog‘ozlar o‘zimniki va da’voyim yo‘q deb yozib berishini so‘ragan. Muxlisa rozi bo‘lmagan. Qayta imtihon o‘tkazamiz, undan o‘tsangiz, keyin yordam berishimiz mumkin, deb ham aytishgan. Muxlisa albatta bunga ham rozi bo‘lmagan. Axir qanday rozi bo‘lsin? U o‘z ishini 2017 yilning 1 avgustida bajarib bo‘lgan. Jabrlanuvchilar asl test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasi topilishini istaydi.

Shu o‘rinda har bir sog‘lom insonda savollar paydo bo‘lishi tabiiy. Test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasining «original»i qayerda? Yo‘qotilganmi? Qanday yo‘qotilgan? Yoki nima maqsadda yo‘qotilgan? Yo‘q qilinganmi? Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi shunchalik beg‘amlik bilan ish yuritadimi? Endi ruhiy zo‘riqish bilan shifoxonalarda da’volanib chiqqan bechora qizning ahvoli ne kechadi? Sud qarori turib nega Muxlisadan Davlat test markazi xodimlari da’voyim yo‘q deb yozib berishni so‘rashgan? 

Murojaatchilarni yaqinda Davlat test markaziga chaqirishgan ekan. Fursatdan foydalanib yuqoridagi savollarimizga javob olish maqsadida murojaatchilar bilan birga Davlat test markaziga bordik. Ularning yonida kuzatuvchi sifatida qatnashmoqchi edik. Lekin bizni kiritishmadi. Savollar masalasida direktor yordamchisi chiqib, bu masala bilan murojaatlar bo‘limi ishlashini aytdi. Ularni kutdik, lekin javob bo‘lmadi. Keyin Majit Karimovdan izoh olish uchun dtm.uz saytida berilgan raqamga bog‘landik. Telefonni yordamchisi olib, u yo‘qligini va qo‘ng‘iroq qilganimiz haqida albatta xabar berishini aytdi. Lekin u yerdan ham hanuzgacha javob bo‘lmadi.

Hozirda hal qiluv qarori asosida hozirda Toshkent shahar Yunusobod tumani ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tergov harakatlarini olib bormoqda. Ular hujjatlarni soxtalashtirgan shaxsni qidirishmoqda. Bu ko‘zbo‘yamachilik va yolg‘onlarga tez orada barham berilib, jinoyatchi va javobgar shaxslar tez orada jazosini olishi kerak. Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligi bu masala hal etilishini nazoratiga oladi. Vazirlar Mag‘kamasi ham bu masalada jim turmasligini kutib qolamiz. Har holda, tashkilot aynan Vazirlar Mahkamasi huzurida. Mazkur holatga javobgar boshqa mas’ul shaxslar ham jazosini olishi kerak.

Yaqinda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi saytida «Alohida e’tirof etamiz – Davlat test markazi bundan keyin ham barcha ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligini mustahkamlashda davom etadi, jamoatchilik bilan axborot almashishda ularga ishonadi» deb jar solgan edi. Biroq buni amaliyotda ko‘rmayapmiz. DTM rahbariyati bilan bog‘lanishga bir necha bor harakat qildik, natija bo‘lmadi. Hamkorlik qilmoqchi edik, tashkilot yopiq. Bo‘lgan voqeaga izoh bera olishmadi. 

Endi bundan buyog‘iga yopig‘liq qozon yopig‘ligicha qolmaydi. Prezident boshlayotgan yo‘ldan borishga majburmiz. Davlat rahbari o‘z jamoasi bilan muammolarni hal qilish uchun yelib-yugurayotgan mahalda ishga sovuqqonlik bilan qarashga hech kimning haqqi yo‘q. Muammo bormi hal qilaylik. Beg‘am bo‘lmaylik. Byudjetdan berilayotgan pulni halol olaylik. Xalqning puli u. Eplay olmayapmizmi, joyimizni bo‘shatib qo‘yaylik. Vatan rivoji uchun xizmat qilishga tayyor kadrlar topiladi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

"Tramp hali ham g‘alaba qozonganini aytib keladi. Lekin aslida u ancha oldin yutqazgan edi"

Менимча, Тайван фуқаролари ҳақиқий вазиятга назар ташлаганларида, буни аниқ кўришади.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Eron: yangi havo mudofaa tizimi bir nechta AQSh samolyotlarini urib tushirdi

Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси маълум қилишича, 3 апрель куни янги ҳаво мудофаа тизими АҚШ ва Исроилга тегишли ҳаво техникасига зарба берган.

Gvardiolaning yordamchisi: «Husanov shu qadar tezki...»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиоланинг ёрдамчиси Пеп Лейндерс ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановнинг ўйини ва салоҳияти ҳақида тўхталиб ўтди.

Tramp Eron tomonidan urib tushirilgan samolyot haqida fikr bildirdi

Бу ҳақда NBC News нашри хабар бермоқда.

Bahodir Jalolov: “Erkak kishini ikki narsa sindiradi..."

Олимпия ўйинлари чемпиони, машҳур боксчимиз Баҳодир Жалолов берган интервюларидан бирида эркак кишининг ҳаётидаги энг катта тўсиқлар ва муваффақият омиллари ҳақида ўз фикрларини билдириб ўтди.

Abduqodir Husanovning «Liverpul»ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

"Манчестер Сити" Англия кубоги чорак финалида "Ливерпуль"ни йирик 4:0 ҳисобида мағлуб этиб, ярим финалга йўл олди.

Bushehr AESga yana zarba berildi

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

Qosim Sulaymoniy qarindoshlari AQShda qo‘lga olindi

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.