Davlat organlarining boshqaruv kadrlari uchun ustuvor xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil etildi

Davlat organlarining boshqaruv kadrlari uchun ustuvor xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida 22-25 may kunlari davlat organlarining boshqaruv kadrlari uchun ustuvor xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha malaka oshirish o‘quv kurslari o‘tkazildi.

O‘quv kurslarida 246-son Prezident qarorida belgilangan 24 ta ustuvor xalqaro reyting va indeksda O‘zbekistonning ko‘rsatkichlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan islohotlarni amalga oshirish ishlari hamda ko‘zlangan reja-tadbirlar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.

Jumladan, AOKA mutasaddi xodimlari tinglovchilar uchun matbuot erkinligi borasidagi turli indekslar, shuningdek, aholini fikrini inobatga olish va hisobdorlik indikatorlarda O‘zbekistonning amaldagi o‘rni va reyting pog‘onasida yuqorilash uchun amalga oshirilayotgan ishlar, mamlakatdagi islohotlar, qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Shu bilan birga, AOKAning mas’ul xodimlari ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi ko‘rsatkichlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan o‘quv kursida tinglovchi sifatida ham ishtirok etdi.

O‘quv kursi yakunida O‘zbekiston Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori tinglovchilarga sertifikat topshirdi hamda O‘zbekistonning reytinglardagi ko‘rsatkichlarini yaxshilash hamda pog‘onalarda ko‘tarilishida har bir soha vakili o‘z taklif va tashabbuslari, shuningdek, ish faoliyatida bu boradagi chora-tadbirlarni ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida faol bo‘lish bilan hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!