Davlat byudjeti 2021: Qaysi sohalarga eng ko‘p mablag‘ ajratildi?

Davlat byudjeti 2021: Qaysi sohalarga eng ko‘p mablag‘ ajratildi?

O‘zbkekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 19 oktyabr kuni 2021 yil davlat byudjeti muhokamasi bo‘lib o‘tdi. 

Ijtimoiy sohalarga ajratiladigan mablag‘lar midori 15 %ga oshirish rejalashtirilmoqda. Jumladan, keyingi yilda quyidagi xarajatlarni oshirish rejalashtirilgan:

  • maktabgacha ta’lim qamrovi darajasini 70 foizga, bunda xususiy sektor ulushini 25 foizga yetkazish maqsad qilingan. Xalq ta’lim vazirligiga byudjetdan ajratmalar 16 foizga oshiriladi. Maktablarni tezkor internetga ulash bo‘yicha birinchi marta byudjetdan 100 milliard so‘m, jihozlashga 200 milliard so‘m yo‘naltirish nazarda tutilmoqda.
  • innovasion rivojlantirish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga byudjetdan 2 baravar ko‘p mablag‘ yoki 100 milliard so‘m ajratiladi.
  • sog‘liqni saqlash sohasiga qariyb 20 trillion so‘m, shundan koronavirusga qarshi kurashish tadbirlari uchun 3 trillion so‘m hamda dori-darmon xaridiga 1,8 trillion so‘m belgilanishi ko‘zda tutilgan.
  • onkogematologiyaga - ilk bora qariyb 90 milliard so‘m ajratilmoqda. Bunda tamaki savdosidan olingan aksiz solig‘ining 7 % ushbu kasalliklarni davolash jamg‘armasiga o‘tkazib beriladi. 
  • gemodializga muhtoj kasallarga kelgusi yilda ilk bor tibbiy xizmatlar ko‘rsatish qamrovini 100 % yetkazish uchun 130 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
  • kambag‘allikni qisqartirish - maqsadida ijtimoiy nafaqa oluvchi muhtoj oilalar soni joriy yil boshiga nisbatan 2 baravarga oshirilishi belgilandi. 
  • tadbirkorlik dasturlari doirasida 3 trillion so‘mdan ortiq subsidiyalar berilishi mo‘ljallanmoqda.
  • bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi hamda Jamoat ishlari jamg‘armasiga 250 milliard so‘mdan mablag‘ yo‘naltirish rejalashtirilgan. 
  • chin yetim bolalarni uy-joy bilan ta’minlash uchun byudjetdan birinchi marotaba 30 milliard so‘m ajratilishi belgilangan. Mutasaddilarga bu borada yangi tartib va ro‘yxatlar ishlab chiqish topshirildi.

Byudjetni shakllantirishda mahalliy kengashlar vakolatlarini yanada kengaytirish zarurligi qayd etildi. Hududlar o‘zi uchun qo‘shimcha rezervlarni aniqlashi, ularning hisobiga joylardagi muammolarni hal qilishga o‘rganishlari maqsadga muvofiqligi aytib o‘tildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!