Dam olish kunlaridan boshlab yurtimizda harorat yana yuqorilaydi

Dam olish kunlaridan boshlab yurtimizda harorat yana yuqorilaydi

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, bugun va ertaga O‘zbekiston bo‘yicha kechasi va ertalab nisbatan salqin, kunduz kunlari biroz issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 18-22°, kunduz kunlari 32-37° atrofida bo‘ladi.

Cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari bilan kuzatilishi mumkin.

Respublika hududiga yakshanba kunidan Turkmaniston hududlaridan biroz issiq havo kirib kelishi boshlanadi. O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va keyingi haftaning boshida kunduzgi harorat 37-39° ga yetadi.

Ushbu kunlarda O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan bulusiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat bugun kechqurun Namangan va Farg‘ona viloyatlarining ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin va sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!