COVID-19ni yuqtirib olish xavfi eng yuqori joy ma’lum bo‘ldi

COVID-19ni yuqtirib olish xavfi eng yuqori joy ma’lum bo‘ldi

Xitoylik olimlar o‘z-o‘zini izolyasiya qilish paytida oila davrasida koronavirusni yuqtirib olish jamoat transporti yoki kafelarga qaraganda osonroq, degan xulosaga kelishdi.

Bu haqda “Science” jurnali xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, tegishli tadqiqot davomida mutaxassislar tomonidan xunanlik 1178 bemor haqidagi ma’lumotlar tahlil qilingan.

Natijalarning ko‘rsatishicha, xastalikni yuqtirib olish xavfining eng past darajasi barcha himoya choralari ko‘riladigan sog‘liqni saqlash muassasalarida, eng yuqori darajasi esa qarindoshlarning keng doirasi bilan muloqot qilishda qayd etilgan. Bu o‘z navbatida, birgalikda yashash jarayonida odamlarning ko‘pincha bir-biri bilan yaqin aloqada bo‘lishlari bilan izohlanmoqda.

Olimlarning ta’kidlashicha, COVID-19 chalingan bemor bor oilada har kuni xastalikni yuqtirib olish ehtimoli 10 foizga oshadi.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!