«Chiqindixonaga aylangan kichik sanoat zonasining egasi bormi?»

«Chiqindixonaga aylangan kichik sanoat zonasining egasi bormi?»

Ijtimoiy tarmoqlarda «Chiqindixonaga aylangan kichik sanoat zonasining egasi bormi?» sarlavhasi ostida berilgan xabar bo‘yicha Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish ve iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, Jizzax shahar ekologiya inspeksiyasi, Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazining Jizzax viloyat hududiy filiali, "Eko-House" MCHJ hamda «Shodlik» MFY hokim yordamchisi bilan hamkorlikda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida kichik sanoat zonasi hududiga aholi tomonidan noqonuniy tashlab ketilgan qattiq, maishiy va qurilish chiqindilarini bartaraf etish uchun chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, "Eko-House" MCHJ tomonidan chiqindilarni olib chiqib ketish maxsus texnika vositalari ajratilishi haqida kelishib olindi. Hududni tozalash ishlari 2024 yil 4 aprel kuni amalga oshiriladi.

«Shodlik» MFY hududidagi kichik sanoat zonasida olib boriladigan tozalash ishlari yuzasidan 2024 yilning 4 aprel kuni qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!