Chilonzor tuman hokimining uyiga tushgan o‘g‘rilardan biri uning rafiqasining hamkasbi bo‘lib chiqdi

A A A
Chilonzor tuman hokimining uyiga tushgan o‘g‘rilardan biri uning rafiqasining hamkasbi bo‘lib chiqdi

Xabaringiz bor, Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimining uyiga o‘g‘ri tushgani va qisqa fursatda o‘g‘rilarning qo‘lga olingani xabar qilingan edi.

Hattoki, Bosh Prokuratura ham bu borada, bu jinoyat ortidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi tartibida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani hamda o‘g‘irlikda gumonlanib M.M., K.G., G.R.lar qo‘lga olingani haqida rasmiy xabar bergandi.

Hokimni uyini tunab ketilgani ortidan 1-1004-1903/65-sonli jinoyat ishi ochildi hamda o‘g‘irlikda gumonlanib qo‘lga olinganlar yakunda aybdor bo‘lib chiqishdi.

“Jahon.uz”ning huquq tartibot idoralaridagi manbasining xabar qilishicha, o‘g‘irlikda ayblanganlardan biri, Hokimning rafiqasi D.N.ning hamkasbi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ingliz tili o‘qituvchisi Gulnoza.R. bo‘lgan.

Aynan shu o‘qituvchi o‘zining eski tanishi bo‘lgan Komil.N.ga, D.N.ning sumkasidan uy kalitilarini olib bergan va ushbu kalitlardan nusxa ko‘chirgan.

Komil.N. ((1)Toshkent shahar Shayxontohur tuman sudining 07.10.2008 yilgi hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi, (2) Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yunusobod tuman sudining 23.12.2008 yilgi hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “b” bandi,    (3) Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yunusobod tuman sudining 26.10.2011 yilgi hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi, 168-moddasi 1-qismi bilan sudlangan va jazoga tortilgan, (4) Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining 05.03.2014 yilgi ajrimiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyat sodir etib, yarashuv sabab jazodan qutulib qolgan.) ushbu o‘g‘irlikka qadar 4 marta sudlangan.

Uning jinoiy sherigi va ushbu jinoyat ishida asosiy figurant bo‘lgan, uyga o‘g‘irlikka kirib qimmatbaho buyumlarni umarib chiqqan M.M. jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yunusobod tuman sudining 22.12.2011 yilgi hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi “a” bandi, JKning 127-moddasi 3-qismi, 241-moddasi 2-qismi va 171-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblanib qamalib chiqqan.

Komil.N. Chilonzor tumani hokimi Sarvar Mahametovning (2010 y.-Bektemir tumani hokimi, 2016 y.-2018 y.- Yakkasaroy tumani hokimi) Yunusobod tumanida joylashgan uyini bir necha kun mobaynida kuzatgan va uyning orqa tomonidagi kirish eshigida kuzatuv kameralari yo‘qligini bilgan va aynan shu yo‘l orqali M.M.ni uyga kiritgan hamda o‘zi tashqarida qolgan.

Sudda ayblanuvchilarning aybi to‘liq o‘z tasdig‘ini topdi va ularga jazo tayinlandi.

M.M. va Komil.N. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topildilar hamda va 8 (sakkiz) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinishdi. Jazoni, qattiq tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yunusobod tuman sudi sudyasi T.Hasanov tomonidan Gulnoza.R. ham O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topildi. Oliy ma’lumotli, to‘rt nafar farzandning onasi 5 (besh) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Sudlanuvchilar M.M., K.G., G.R.lardan solidar tartibda jabrlanuvchi D.M. foydasiga 14.600 (o‘n to‘rt ming olti yuz) AQSh dollari (AQSh dollarining hukm chiqarilgan kunidagi O‘zbekiston Respublikasi so‘miga nisbatan qiymatda) milliy valyuta so‘mda, hamda 68.700.000 (oltmish sakkiz million yetti yuz ming) so‘m undirish hukmda belgilandi.

Shu o‘rinda Hokimning uyidan o‘g‘irlab ketilgan va o‘g‘rilardan qaytarib olingan mol-mulk ro‘yxatiga ham e’tiboringizni qaratamiz.

  • Ashyoviy dalil deb topilgan, saqlash uchun Toshkent shahar IIBB Moliya-iqtisod boshqarmasiga topshirilgan 87.400 (sakson yetti ming to‘rt yuz) AQSh dollari.
  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki huzuridagi qimmatbaxo metallar Agentligiga saqlash uchun topshirilgan 1 dona kulrang rangli metalldan ishlangan aylana shakldagi old tomonida 3 dona oq rangli ko‘zi mavjud bo‘lgan uzuk.
  • 2 dona och ko‘k rangli va 1 dona yaltiroq ko‘k rangli toshchalar.
  • 1 dona kulrang rangli metalldan ishlangan turli xil shakldagi ko‘k va siyoh rangli tosh va barklarga o‘xshash shakldagi qismlari bilan, markazida kapalak ramzi tushirilgan bo‘yingan taqiluvchi zanjir.
  • 1 juft kulrang rangli metalldan ishlangan turli xil shakldagi ko‘k va siyoh rangli tosh va barklarga o‘xshash shakldagi qismlari bo‘lgan zirak.
  • 1 dona kulrang rangli metalldan ishlangan aylana shakldagi old tomoni yuzasida naqshinkor bezak va asosida to‘q pushti rangli marvaridga o‘xshash toshi mavjud bo‘lgan uzuk.
  • 1 juft kulrang rangli metalldan ishlangan, asosida to‘q pushti rangli marvaridga o‘xshash toshi mavjud bo‘lgan zirak.
  • 1 dona kulrang rangli metalldan ishlangan oq rangli marvaridga o‘xshash toshi mavjud bo‘lgan uzuk.
  • 1 juft kulrang rangli metalldan ishlangan, asosida oq rangli marvaridga o‘xshash toshi mavjud bo‘lgan zirak.
  • 1 dona kulrang rangli metalldan ishlangan aylana shakldagi oq rangli marvaridga o‘xshash toshi va atrofida bezaklari bo‘lgan uzuk.
  • 1 juft kulrang rangli metalldan ishlangan, old tomoni yuzasida naqshinkor bezak va asosida oq rangli marvaridga o‘xshash toshi bo‘lgan zirak.
  • 1 juft kulrang rangli metalldan ishlangan, naqshinkor bezak va oq rangli marvaridga o‘xshash toshi mavjud bo‘lgan kulon.
  • 1 dona kulrang rangli metalldan ishlangan versache izlari tushirilgan bo‘yingan taqiluvchi zanjir.
  • 1 dona versache izlari bo‘lgan broslet.
  • 1 dona asosi yaltiroq rangli metalldan ishlangan, “Tissot” yozuvi bo‘lgan qo‘l soati.
  • 1 dona “CHAYKA, 17 KAMNEY, SDELANO V ROSSII” yozuvi bo‘lgan qo‘l soati.
  • 1 dona sariq yaltiroq rangli metaldan ishlangan bo‘yinga taqiluvchi zanjir,
  • 1 dona sariq rangli metalldan ishlangan 12 dona yaltiroq toshlar bilan bezatilgan bilakuzuk.
  • 1 dona “Orient” yozuvdagi rusumli qo‘l soati.
  • 1 dona “MakTaym, 21 KAMEN” yozuvli soat.
  • 2 dona asosi “SPECTURM” soatlar.
  • 4 dona sariq rangli metalldan ishlangan “Toshkent shahar Hokimiyati”, “O’zbekiston Respublikasi 20 yil”, “Harakatlar Strategiyasi 2017-2021”, “O’zLiDeP”, “tuman kengashi deputati” yozuvli ko‘krak nishonlari.
  • 1 dona sariq rangli naqshinkor bilakuzuk.
  • 1 dona asosi oq rangli bilakuzuk.
  • 1 dona sariq rangli uch dona to‘rtbuchak shakllari bo‘lgan bilakuzuk.
  • 1 dona “Sarvinoz” yozuvi mavjud bo‘lgan sariq metalldan ishlangan broslet.
  • 1 dona sariq rangli broslet.
  • 1 dona sariq rangli metalldan ishlangan markazida yaltiroqli va ko‘zmunchoqlari mavjud bo‘lgan broslet.
  • 1 dona zanjirsimon shaklda sariq rangli va toshlari bo‘lgan broslet.
  • 1 dona sariq rangli aylana shakldagi uzuk.
  • 1 dona sariq rangli naqshinkor bezaklari mavjud uzuk.
  • 1 dona sariq rangli dumaloq qora rangli ko‘zli va atrofida kichik shakldagi toshchali uzuk.
  • 1 dona sariq rangli aylana shakldagi old tomonida ko‘k va oq rangli ko‘zli uzuk.
  • 1 dona sariq rangli aylana shakldagi old asos tomonga qarata ishlangan naqshinkor uzuk.
  • 1 dona sariq rangli aylana shakldagi old tomoni ko‘k va oq rangli ko‘zli uzuk.
  • 1 dona sariq rangli metalldan ishlangan 6 dona 2 xil ko‘rinishdagi har xil rangli ko‘zli uzuk.
  • 1 dona sariq rangli metalldan ishlangan 3 xil rangli tosh ko‘zlari mavjud bo‘lgan uzuk.
  • 1 dona sariq rangli metalldan ishlangan tomchi va dumaloq shakldagi oq rangli tosh ko‘zlari bo‘lgan uzuk.
  • 1 dona sariq rangli metalldan ishlangan rombik shakldagi naqshinkor kulon.
  • 1 dona sariq rangli oy shaklli markazida “Makka”ning tasviri tushirilgan kulon.
  • 1 dona sariq rangli yurakcha shakldagi kulon, 1 dona asosi yashil rangli toshdan iborat bo‘lgan kulon.
  • 1 dona sariq rangli metalldan aylana shaklda ishlangan yurakcha va dumaloq bezaklari bo‘lgan kulon.
  • 1 dona sariq rangli asosi to‘rtburchak shaklda ishlangan kulon.
  • 1 dona sariq rangli kulon.
  • 1 dona sariq rangli yashil rangli toshi bo‘lgan kulon.
  • 1 dona sariq rangli aylanasimon shakldagi old tomoni har xil ko‘rinishdagi 3 xil rangli tosh ko‘zli kulon.
  • 1 dona sariq rangli ko‘k va oq rangli ko‘zlari bo‘lgan kulon.
  • 1 dona sariq rangli metalldan olmaning shakliga o‘xshatib ishlangan kulon.
  • 1 dona kichik xajmdagi sariq rangli kapalakning shakliga o‘xshatib ishlangan kulon.
  • 1 dona sariq rangli 3 xil rangdagi tosh ko‘zlari bo‘lgan to‘nog‘ich.
  • 1 dona sariq rangli metalldan bargning shakliga o‘xshatilgan oldida 1 dona dumaloq oq marvarid barg bezakli to‘nog‘ich.
  • 3 dona sariq rangli to‘nog‘ichlar.
  • 3 dona sariq rangli dumaloq shakldagi 1901 yilgi 10 rubleylik “Nikolay” tangalar.
  • 1 dona sariq rangli rombik shakldagi naqshinkor zirak.
  • 1 dona sariq rangli oq rangli toshchalar bilan bezatilib, markazida yashil rangli toshi mavjud bo‘lgan zirak.
  • 1 juft sariq rangli aylana shakldagi zirak.
  • 1 juft sariq rangli zirak.
  • 1 juft sariq rangli aylana shakldagi zirak.
  • 1 dona sariq rangli oq rangli toshchali ko‘zlari mavjud bo‘lgan zirak.
  • 1 juft sariq rangli old tomonida ko‘k va oq rangli ko‘zllari bo‘lgan zirak.
  • 1 juft sariq rangli old tomonida 6 dona 2 xil ko‘rinishdagi har xil rangli ko‘zli zirak.
  • 1 juft sariq rangli 1 dona pushti va 2 dona kichik oq toshchalari bo‘lgan zirak.
  • 1 juft sariq rangdagi yurakcha shaklida ishlangan oq toshchalari bo‘lgan zirak.
  • 1 juft sariq rangdagi old tomonida oq toshchalari va 2 dona ko‘zli bezakli zirak.
  • 1 juft sariq rangli aylana shakldagi zirakdan 1 donasining old tomonida bantik shakldagi oq toshchalari bilan bezatilgan zirak.
  • 2 dona sariq rangli oldi tomonida oq rangli dumaloq marvarid toshi bo‘lgan ziraklar.
  • 2 dona sariq rangli metalldan ishlangan, oldi tomonida toshchalar bilan kapalak ramzi shaklida ishlangan ziraklar.
  • 1 dona sariq rangli fil hayvoni ramzidek ishlangan to‘nog‘ichsimon zirak.
  • 1 dona sariq rangli olmaning shaklidek to‘nog‘ichsimon zirak.
  • 1 dona sariq rangli yurakchalar ramzida ishlangan bo‘yinga taqiluvchi zanjir.
  • 1 dona sariq rangli tomchi ramzida ishlangan bo‘yinga taqiluvchi zanjir.
  • 1 dona sariq rangli ingichka bo‘yinga taqiluvchi zanjir.

“Jahon.uz”ning ishonchli manbasi xabariga ko‘ra, Hokimning uyida o‘g‘irlik bo‘lgan kuni, uning rafiqasi Toshkent shahar IIBBning navbatchilik qismiga 102 qisqa raqamli orqali telefon qilib uyidan 102 ming AQSh dollari (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 05.12.2018 yilgi ma’lumotiga ko‘ra, 1 AQSh dollari O‘zbekiston Respublikasining so‘miga nisbatan qiymati 8.314 so‘m 85 tiyinni tashkil qilib, 102.000 AQSh dollari 848.114.700 so‘mni tashkil qilgan.) va 140.350.000 so‘mlik qimmatbaho zargarlik buyumlari yo‘qolgani to‘g‘risida xabar bergan.

Uydagi o‘g‘irlik sabab jami 966.964.700 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgani aniqlangan.

Manba: 7news.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

O‘zbekistonlik ikki futbolchi Portugaliya klubiga yo‘l olmoqda

Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси футболчилари Садриддин Хасанов ва Сайфиддин Содиқов Португалиянинг "Брага" клубига ўтиши мумкин.

Koreyada vafot etgan o‘zbekistonlik qiz haqida rasmiy bayonot berildi

Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.

Hakam: Husanovga qizil kartochka ko‘rsatish kerak edi!

Англия Премьер-лигасининг 33-турида “Манчестер Сити” футболчилари мусобақа пешқадами “Арсенал”ни 2:1 ҳисобида мағлубиятга учратиб, яна чемпионлик курашига қайтди.

"Real" Chempionlar ligasida ikkinchi bor g‘olib bo‘ldi

Мадриднинг "Реал" клуби Ёшлар ўртасидаги УЕФА Чемпионлар лигасида иккинчи бор ғолибликни қўлга киритди.

Zo'r TV bugun «Barselona» va «Manchester Siti» ishtirokidagi o‘yinlarni jonli translyasiya qiladi

Zo'r TV телеканали бугун — 2026 йил 25-апрель, шанба куни қуйидаги кўрсатув ва трансляцияларни эфирга узатишни режалаштирган.

Chess.com Open-2026 onlayn turniri. Sindarov musobaqani tark etdi, Abdusattorov JCh yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradi

Нодирбек Абдусатторов ва Жавоҳир Синдаров дунёнинг энг йирик онлайн шахмат турнирларидан бири — Chess.com Open 2026 мусобақасида иштирок этди.

Eron Isroil bilan aloqa qilganligi uchun yuqori lavozimli amaldorni qatl qildi

Бу ҳақда Эроннинг расмий суд портали хабар бермоқда.

“Katta jarimalar bo‘ladi”: Soliq qo‘mitasi raisi umumiy ovqatlanish korxonalarini biznesni bo‘lmaslikka chaqirdi

Фаррух Пулатовнинг айтишича, Тошкентдаги 419 та умумий овқатланиш корхонаси ҚҚСдан қочиш учун ўз номига ёки ходимлари номига ЙТТ очиб, чекларни улар номидан бермоқда.

Pep Gvardiola terma jamoani qabul qilib olishga tayyor

Хосеп Гвардиола аввалроқ фаолиятининг қайсидир босқичида миллий терма жамоада ишлаш истаги борлигини айтган эди.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Arag‘chi nima sababdan Pokistonga tashrif buyurganini bilasizmi?

Бу ҳақда Эроннинг Tasnim ахборот агентлиги хабар берди.

Eron AQShga yangi taklif yubordi

Эроннинг янги таклифи - Ҳўрмуз бўғозини очиш ва ҳарбий ҳаракатларни тўхтатиш

«Real» Mbappe bilan xayrlashadimi?

Матбуотда Мадриднинг «Реал» клубидаги ички муҳит билан боғлиқ муаммолар ҳақида яна хабарлар пайдо бўлмоқда.

FIFA Jahon chempionatida ishtirok etadigan terma jamoalar mukofot pullarini oshirmoqchi

FIFA вазиятни ўрганиб чиқиб, нафақат 48 та иштирокчи жамоага бериладиган пулни, балки барча 211 та аъзо давлатга ажратиладиган ривожланиш маблағларини ҳам кўпайтирмоқчи.

Isroil prezidenti korrupsiyada ayblanayotgan bosh vazir Binyamin Netanyahuni afv etishni rad etdi

Доналд Трамп Нетаняҳу афв этилишини талаб қилмоқда. У Герцогни бу қарорга келмаётгани учун “ожиз" деб атаган.

NATO sammitlari qisqaradimi? Ittifoq ichidagi ziddiyatlar ortida yangi reja

Бу ҳақда Reuters манбаларга таяниб хабар берди.

Isroil Livanda hujumlarni kuchaytirdi: “Hizbulloh” ob’ektlari yo‘q qilinmoqda

Исроил армияси Ливан жанубидаги амалиётларини давом эттириб, “Ҳизбуллоҳ” позицияларига навбатдаги зарбалар берди.

Slovakiya YEIga qarshi: Rossiya gaziga taqiq ustidan sudga shikoyat qildi

Бу ҳақда мамлакат Адлия вазирлиги маълум қилди.

Hindistonda bortida 232 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot dvigateli yonib ketdi

Swiss Airlines авиакомпанияси воқеа ҳақида хабардорлигини, ҳозирда двигатель ишдан чиқиши ва ёнғин сабаблари текширилишини маълум қилди.

Moskvada qor yog‘ishi oqibatida daraxtlar quladi, Vnukovoda esa reyslar bekor qilindi

Москва вилоятининг Дубна ва Домодедово шаҳарларида қор ёғиши ва дарахтлар қулаши оқибатида электр таъминоти қисман узилди.

Qo‘qonda do‘konda yong‘in chiqdi

Билдирилишича, ҳодиса оқибатида жабрланганлар йўқ. Ёнғиндан дўконнинг 400 квадрат метр майдони сақлаб қолинган.

Suv uchun janjal: Afrikada 42 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳудудда сув, ер ва чорва моллари учун жамоалар ўртасидаги тўқнашувлар тез-тез содир бўлиб туради.

Toshkent xalqaro aeroportida 4 nafar qizlarni Dubay shahriga olib ketayotgan ayol ushlandi

Амалдаги қонунчиликка мувофиқ, бу турдаги жиноятлар учун 5 йилдан 10 йил муддатгача озодликдан маҳрум қилиш жазоси белгиланган.

Andijonda attraksion qulab, 7 kishi jarohatlandi

Бироқ, тасдиқланмаган манбаларга кўра, ҳодиса натижасида камида 7 киши жароҳатланган.

Malidagi harbiy bazalarga qurolli hujumlar uyushtirildi

​Кузатувчилар буни сўнгги йиллардаги энг йирик ва мувофиқлаштирилган амалиёт сифатида баҳоламоқда

Andijonda hajga yuborish evaziga 18 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

Фуқаро ҳаж зиёрати учун Саудия Арабистонига юборишини айтиб, келишилган пулдан 9 000 АҚШ долларини олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланган.

Tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVV mansabdoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Мансабдор шахс ноқонуний ҳаракатларини давом эттириб, масъулияти чекланган жамият раҳбаридан қолган 39 минг АҚШ долларини ҳам беришини сўраган.

Samarqandda ikki nafar qiz vasiysi tomonidan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikka uchradi

Болаларга етказилган тан жароҳати даражасини аниқлаш юзасидан суд-тиббиёт экспертиза тайинланган.

Donald Trampga suiqasd uyushtirildi (video)

Бу ҳақда C-SPAN хабар бермоқда.

Isroil zarbalari: Livanda qariyb 2,5 ming kishi halok bo‘ldi

Маълум қилинишича, ҳужумлар оқибатида тинч аҳоли орасида қурбонлар сони юқори бўлиб қолмоқда.

Livanda ko‘chirilgan ayollar uylariga qaytmoqda: “Hamma joyda vayronagarchilikni ko‘rdim”

2026 йил март ойида Ливандаги можаро кучайиши ортидан 1 миллиондан ортиқ одам ўз уйини тарк этди. Улардан тахминан 620 мингини аёллар ва қизлар ташкил этди.

AQShda o‘lim jazosi tiklandi. Endi mahkumlar otib o‘ldirilishi ham mumkin

Вазирлик энг оғир жиноятларни жиловлаш учун ушбу жазо туридан фаолроқ фойдаланишини билдирди.

Yaponiyaning Ivate prefekturasida o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda

Ёнғин Оцути шаҳридаги аҳоли пунктларига яқинлашгани сабабли 1500 дан ортиқ хонадон ва 3233 нафар фуқарога эвакуация қилиш тўғрисида буйруқ берилди.

Surxondaryodagi suv havzalaridan biri neftga o‘xshash modda bilan ifloslandi

Айтилишича, сел оқими нефть сақланган сунъий омборга зарар етказган бўлиши эҳтимолдан холи эмас.

Chirchiqda bezorilik bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi

Маълум қилинишича, ДХХ ва ИИВ органлари томонидан уюшган жиноятчиликка қарши курашиш йўналишида тезкор-қидирув тадбири ўтказилган.