Chexiyada muxolifat yangi yil murojaatida Kiyevga qurol yetkazib berilishini qoralagan mamlakat parlamenti deputatlar palatasi spikeri Tomio Okamuraning iste’fosini talab qildi, dedi muxolifatdagi "TOP 09" partiyasi yetakchisi Matey Ondjey Gavel.
"Muxolif partiyalar seshanba kuni bo‘lib o‘tadigan deputatlar palatasi yig‘ilishida, yangi vazirlar mahkamasiga ishonch votumi muhokamasidan oldin, yangi yil murojaatidagi shov-shuvli so‘zlari tufayli palata spikeri Tomio Okamurani lavozimidan chetlatish masalasini ko‘tarish niyatida," - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.
Gavelning so‘zlariga ko‘ra, muxolifatchilar Okamurani lavozimidan chetlatish masalasini ovozga qo‘yish uchun kerakli miqdorda imzo to‘plagan.
Avvalroq SPD ("Ozodlik va to‘g‘ridan-to‘g‘ri demokratiya") harakati yetakchisi Tomio Okamura Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishga qarshi chiqqan edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.
Фаррух Пулатовнинг айтишича, Тошкентдаги 419 та умумий овқатланиш корхонаси ҚҚСдан қочиш учун ўз номига ёки ходимлари номига ЙТТ очиб, чекларни улар номидан бермоқда.
2026 йил март ойида Ливандаги можаро кучайиши ортидан 1 миллиондан ортиқ одам ўз уйини тарк этди. Улардан тахминан 620 мингини аёллар ва қизлар ташкил этди.