Chexiyada 30 nafar ukrainalik hibsga olindi

Chexiyada 30 nafar ukrainalik hibsga olindi

O‘tgan to‘qqiz oy ichida Chexiya polisiyasi 30 nafar ukrainalikni noqonuniy muhojirlarga chegarani kesib o‘tishda “yordam bergani” uchun hibsga oldi. Bu haqda Lidovkiy gazetasi xabar berdi.

Huquq-tartibot idoralari tomonidan jami 125 nafar qoidabuzar qo‘lga olindi.

“Biz jami 30 nafar ukrainalik gid, 24 nafar chex va 17 nafar suriyalikni hibsga oldik”, — deya polisiya departamenti matbuot kotibi Yozef Bosan so‘zlaridan iqtibos keltirgan gazeta.

Avvalroq ukrainalik muhojirlar og‘ir mehnat sharoiti va ish beruvchilarning adolatsiz munosabati ko‘pincha polyaklar bilan ziddiyatga sabab bo‘layotganini aytishgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!