Chendler: Bu Konorni oxirgi marta oktagonda ko‘rishingiz bo‘ladi!

Chendler: Bu Konorni oxirgi marta oktagonda ko‘rishingiz bo‘ladi!

Xabaringiz bor, UFC prezidenti Dana Uayt ikki vazn toifasida sobiq chempion Konor Makgregorning navbatdagi jang sanasini e’lon qilgandi. U 29 iyun kuni UFC 303 turnirida Maykl Chendlerga qarshi jang qiladi.

Ushbu to‘qnashuv oldidan Maykl o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Ehtimoliy variant shuki, men bu yigitni sindirib, unga ulkan dahshatli zarba beraman. Bu Konorni oktagonda oxirgi marta ko‘rishingiz bo‘ladi”, — dedi UFC jangchisi Maykl Chandler.

Ma’lumot uchun, mazkur jang yarim o‘rta vazn (77kg) toifasida bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!