Chechenlar Qur’onni yoqib yuborgan rusni jazolaydi

Chechenlar Qur’onni yoqib yuborgan rusni jazolaydi

Volgograddagi masjid yonida Qur’onni yoqib yuborgani uchun qo‘lga olingan Nikita Juravel ustidan sud Chechenistonda bo‘lib o‘tadi. Xuddi shu joyda 19 yoshli Juravel aybdor deb topilgan taqdirda jazoni o‘taydi. Bu haqda seshanba kuni Checheniston milliy siyosat vaziri Axmed Dudayev ma’lum qildi.

"Bu yerda u sudlanadi, shu yerda jazosini o‘taydi, chunki u musulmon dindorlarning tuyg‘ulariga tajovuz qilgan. Mana, menimcha, u qonun doirasida o‘z jazosini topadi", — dedi Dudayev.

Ma’lumotga ko‘ra, Checheniston poytaxtida Qur’onni yoqishga qarshi miting bo‘lib o‘tgan, unda 60 mingga yaqin odam ishtirok etgan . Qayd etilishicha, Rossiyaning ko‘plab respublikalaridan musulmonlar Volgograd fuqarosi tomonidan Qur’on yoqib yuborilganiga qarshi norozilik bildirish uchun Grozniyga kelgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!