Chavusho‘g‘li: 550 mingdan ortiq suriyalik o‘z uylariga qaytdi

A A A
Chavusho‘g‘li: 550 mingdan ortiq suriyalik o‘z uylariga qaytdi

Turkiyada boshpana topgan 550 mingdan ortiq suriyalik qochqin Suriya shimolidagi terrorizmdan tozalangan hududlarga qaytdi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li ma’lum qildi.

“Biz 553 ming qochqinni terrorchilardan tozalagan hududlarga yubordik”, dedi diplomat NTV telekanali efirida.

Unga ko‘ra, Suriya shimolida 240 ming uy quriladi, u yerda 1 million qochqin joylashtiriladi.

“Biz suriyaliklarni nafaqat xavfsizlik zonalariga, balki [Bashar al-Assad] rejimi nazorati ostidagi hududlarga yubormoqchimiz”, dedi vazir.

Turkiya TIV rahbari Suriya bo‘yicha Turkiya, Rossiya Federasiyasi, Eron va Bashar al-Assad rejimi vakillari ishtirokida to‘rt tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish muhimligini ta’kidladi.

“Tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi so‘nggi yig‘ilishida biz suriyaliklarning rejim nazoratidagi hududlarga xavfsiz qaytishi uchun infratuzilmani tayyorlashga kelishib oldik. Vazir o‘rinbosarlari darajasida komissiya tuzishga qaror qilindi”, — dedi u.

Chavusho‘g‘li Suriyadagi terror tahdidining bartaraf etilishi uning xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash uchun zarur ekanligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!