“Cerberus” korporasiyasi bilan hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi

“Cerberus” korporasiyasi bilan hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi

Nyu-York shahriga tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Cerberus” kompaniyasi vise-prezidenti Brayan Xuk bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Aktivlari qiymati 60 milliard dollardan ziyod bo‘lgan global investisiya korporasiyasi kommunikasiyalar tarmog‘i, foydali qazilmalarni qazib chiqarish, transport va energetika infratuzilmasini modernizasiya qilish loyihalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar yo‘naltirishni rejalashtirgan.

Vise-prezident Brayan Xuk ilk hamkorlik loyihalari joriy yilning oxiriga qadar boshlanishini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!