Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Ukrainaga tashrif buyuradi

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Ukrainaga tashrif buyuradi

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverli juma kuni Ukrainaga tashrif buyuradi va bu safar Kiyevga qish oldidan qo‘shimcha yordam sifatida millionlab funt sterling ajratilishini e’lon qiladi, deya xabar berdi Britaniya Tashqi ishlar vazirligi.

London Ukrainaning muhim infratuzilmasini tiklashga yordam berish uchun 3 million funt sterling va ocharchilik tahdidi ostida qolgan mamlakatlarga don yetkazish uchun Kiyev tashabbusiga yana 5 million funt ajratishi kutilmoqda.

"Buyuk Britaniya Ukraina bilan doim yelkama-elka turadi", — dedi Kleverli bayonotida. "Buyuk Britaniyaning sa’y-harakatlari Ukrainaning jasur fuqarolariga qarshilik ko‘rsatish va mamlakatni qayta tiklashda qanday yordam berayotganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rmoqdaman. Bunday ajoyib mamlakatni qayta tiklash uchun qancha vaqt yordamimiz kerak bo‘lsa, shuncha davom etadi".

Safar davomida TIV rahbari Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va tashqi ishlar vaziri Dmitro Kuleba bilan uchrashadi.

Kleverli Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunakning Ukrainaga tashrifidan ko‘p o‘tmay, Kiyevga bormoqda. U safar davomida Kiyevga o‘zidan oldingi rahbarlar urush boshlanganidan beri ko‘rsatgan yordamni davom ettirishga va’da berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!