Buyuk Britaniya bosh vazirligiga nomzod Truss Shotlandiya mustaqilligi bo‘yicha referendum o‘tkazilishini oldini olishga va’da berdi

Buyuk Britaniya bosh vazirligiga nomzod Truss Shotlandiya mustaqilligi bo‘yicha referendum o‘tkazilishini oldini olishga va’da berdi

Konservativlar partiyasi yetakchisi va shunga mos ravishda mamlakat bosh vaziri lavozimiga da’vogarlik qilayotgan Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Truss, agar u bu lavozimga saylansa, Shotlandiya mustaqilligi uchun ikkinchi referendum o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymasligini aytdi.

"Shotlandiya millatchilari referendum avlodda bir marta bo‘ladigan imkoniyat ekanligini tan oldilar", dedi Truss The Telegraph nashriga.

U qo‘shimcha qildi: "Men butun ittifoqimizni mustahkamlash uchun harakat qilaman. Bosh vazir sifatida Shimoliy Irlandiya protokoli bilan qilganimdek, ittifoqimizni himoya qilish uchun kerakli va to‘g‘ri narsani qilaman".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!