Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak Kiyevga tashrif buyurdi

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak Kiyevga tashrif buyurdi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Sunak bilan uchrashuv videosini e’lon qildi.

"Uchrashuvda ham mamlakatlarimiz uchun, ham global xavfsizlik uchun eng muhim bo‘lgan masalalarni muhokama qildik. Biz birgalikda kuchliroqmiz va kerakli natijalarga erishamiz", — deydi Zelenskiy.

Britaniya bosh vaziri Sunak Kiyevga tashrifi chog‘ida London Ukrainaga havo mudofaasini kuchaytirishda yordam berishini ma’lum qildi – OAV.

Shuningdek, Buyuk Britaniya bosh vaziri idorasi Ukrainaga 125 ta zenit qurollari va dronlarga qarshi kurash uchun maxsus jihozlar yuborishini e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!