Buxorodagi ikkita ko‘cha vaqtincha yopiladi

Buxorodagi ikkita ko‘cha vaqtincha yopiladi

Buxoro shahridagi ayrim ko‘chalarda transport vositalarining harakatlanishi vaqtincha cheklanadi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bunga 25 fevraldan Buxoro shahar markazida renovasiya asosida qurilgan ko‘p qavatli uy-joylarga ichimlik suv tarmoqlari tortilishi sabab bo‘ladi. Shu maqsadda Buxoro shahrining J.Ikromiy hamda Hamza ko‘chalarida mavjud umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida qazish va ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Jumladan, Hofiz Tanish Buxoriy hamda Hamza ko‘chalari kesishgan chorrahadan I.Mo‘minov hamda Hamza ko‘chasi kesishgan chorrahaga olib boruvchi ko‘cha va yo‘llarda qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilishi maqsadida transport vositalarining qatnovi vaqtincha cheklanadi.

«Bu borada barcha haydovchilardan tartibga soluvchi xodimlarning ishoralari va yo‘l belgilari talablariga rioya qilishlarini so‘raymiz», deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!