Buxorodagi 7 ta tarixiy ob’ekt YUNESKO ro‘yxatiga kiritilishi mumkin

Buxorodagi 7 ta tarixiy ob’ekt YUNESKO ro‘yxatiga kiritilishi mumkin

Buxorodagi 7 ta madaniy meros ob’ekti YUNESKOning umumjahon merosi ro‘yxatiga nomzod sifatida taqdim etilmoqda. Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar bermoqda.

 Buxoro viloyatida ayni paytda 829 ta moddiy madaniy meros ob’ektlari davlat muhofazasiga olingan.

Shundan, 287 tasi arxeologiya yodgorliklari, 507 tasi arxitektura ob’ektlari, 17 tasi monumental san’at hamda 18 tasi diqqatga sazovor joylar hisoblanadi.

Viloyat madaniy meros boshqarmasining xabar berishicha, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, YUNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiya, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi bilan birgalikda Markaziy Osiyo xalqaro tadqiqotlar institutini jalb qilgan holda “Ipak yo‘li: Zarafshon daryosi va Qoraqum yo‘nalishi” (O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston) chegeralararo obidalari qatorida Buxoro viloyatida joylashgan Chor-Bakr va Bahouddin Naqshband majmualariVobkent minorasi va Chashmai Ayub maqbarasi arxitektura ob’ektlari hamda qadimgi Poykent, Varaxsha va Vardonze shahar qoldiqlarini YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha xalqaro mezonlar asosida nomzodlik hujjatlari tayyorlanmoqda.

Bu esa YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan ob’ektlar sonining ortishiga va respublikamizga tashrif buyuruvchi sayyohlar sonining ko‘payishiga xizmat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!