Buxoroda uyida fohishaxona tashkil qilgan ayol ushlandi

Buxoroda uyida fohishaxona tashkil qilgan ayol ushlandi

Buxoro shahar T.Farog‘iy ko‘chasida yashovchi, 51 yoshli ayol «Piridastgir» ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning biridagi xonadonida fohishaxona tashkil qilib, begona shaxslarning jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib kelgan va evaziga moddiy manfaat ko‘rgan.

Joriy yilning 16 may kuni ham soat 23:00 lar atrofida erkak bilan ayolning jinsiy aloqada bo‘lishi uchun 400 ming so‘m miqdoridagi pullarni olib, «mijoz»larga uyni bo‘shatib bergan. Ushbu holat Buxoro viloyati IIB tomonidan aniqlanib, ayol qo‘lga olingan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!