Buxoroda “Sinepar” tufayli bolalar o‘limi kuzatilgani" xabari ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Buxoroda “Sinepar” tufayli bolalar o‘limi kuzatilgani" xabari ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

“BUKHARA NEWS” axborot resursi tomonidan ma’lumotlarning haqqoniyligi o‘rganilmasdan videomurojaat e’lon qilinganligi oqibatida aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar tarqatilganligi holati bo‘yicha viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 244¹-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) bilan Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunining 12¹- moddasida axborot resursining egasi, shu jumladan blogerlarga o‘z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga yoxud boshqa axborot resursiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot joylashtirilguniga qadar uning to‘g‘riligini tekshirish majburiyati yuklatilgan.

Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlarini olib borish viloyat IIBga yuklatildi.

Tergov jarayoni to‘g‘risida qo‘shimcha axborot beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!