Buxoroda imtihondan o‘tkazish uchun 500 ming so‘m olgan «Vatanparvar» o‘qituvchisi ushlandi

Buxoroda imtihondan o‘tkazish uchun 500 ming so‘m olgan «Vatanparvar» o‘qituvchisi ushlandi

Prokuratura huzuridagi departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan fuqaro J.A.ning murojaatiga asosan tezkor tadbir o‘tkazildi.

«Vatanparvar» tashkiloti Buxoro avtomobil maktabi o‘qituvchisi F.N. J.A.ni aldab, uni haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonga kiritish va imtihondan o‘tkazib berish evaziga 500 ming so‘m olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan F.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!