Buxoroda haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Buxoroda haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

2022 yil 2 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Buxoro viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida G‘ijduvon tumani Ulug‘bek ko‘chasida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan R.B. va shu tumanning Abadi ko‘chasida yashovchi 1974 yilda tug‘ilgan A.SH.lar oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, o‘zgalarning mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, vobkentlik ikki nafar fuqaroni aldab, ularning ishonchiga kirib, 400 AQSh dollari evaziga haydovchilik guvohnomasini olib berishini va’da qilib, ularning har biridan kimyoviy ishlov berilgan 400 AQSh dollaridan, jami 800 AQSh dollar pullarini olayotgan vaqtida qo‘lga olingan

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!