Buxoroda bog‘cha mudirasining kirdikorlari fosh bo‘ldi

Buxoroda bog‘cha mudirasining kirdikorlari fosh bo‘ldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudining ochiq sud majlisida Buxoro shaxar 9-sonli maktabgacha ta’lim muascasasida mudira bulib ishlagan Fozilova Nilufar Baxshilloyevnaga nisbatan jinoyat ishi ko‘rilib, tegishli hukm va jazo tayinlandi.

Jinoyat ishlari buyicha Buxoro shahar sudidagi manbaning xabar berishicha, ish holatiga ko‘ra sudlanuvchi N.B.Fozilova Buxoro shaxar 9-sonli maktabgacha ta’lim muascasasida mudira vazifasida ishlab kelib, o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda pora olish jinoyatini sodir qilgan.

Jumladan, shu muassasa qorovuli bo‘lib ishlab kelayotgan M.F.Baqoyev turmush o‘rtog‘i N.S.Sobirova ham ushbu muassasada muqaddam ishlaganligi, hozirda bola parvarishlash ta’tilida bo‘lganligini aytadi. U turmush o‘rtog‘i bilan birga muassasasa mudirasi N.Fozilovaga uchrab, a±li ta’tildan keyin ishga chiqishini va unga ish berishini so‘rab murojaat qilishadi. N.Fozilova esa ish bilan ta’minlashini, lekin xarajati borligini aytib, 100 AQSh dollari talab qiladi. Pulni berilsa, N.Sobirova belgilangan kundan ishga chiqishi mumkinligini bildiradi. Shunda M.F.Baqoyev N.Fozilovaning harakatlari noqonuniy ekanligini bilib, bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qiladi. Departament xodimlari unga 100 AQSh dollariga ishlov berib, N.Fozilovaga berish uchun berishadi, mudira N.Fozilova esa pulni ola±tgan vaqtida departament xodimlari tomonidan qo‘lga olinadi.

Sud majlisida sudlanuvchi o‘z aybiga iqrorligini, sodir qilgan jinoyatidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, qaramog‘ida 3 nafar voyaga yetmagan farzandi borligini va ijtimoiy ahvolini inobatga olgan holda, unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-kismining “v” bandi bilan aybli deb topilib, Jinoyat Kodeksining 45-moddasiga asosan 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, 5 (besh) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!