Butun dunyo bo‘ylab koronavirusdan halok bo‘lganlar soni haqida ma’lumot berildi

Butun dunyo bo‘ylab koronavirusdan halok bo‘lganlar soni haqida ma’lumot berildi

Dunyo bo‘yicha koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 608 million kishidan oshdi, qurbon bo‘lganlar soni esa 6,5 million kishini tashkil etmoqda, deyiladi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) saytida e’lon qilingan xabarda.

JSST ma’lumotiga ko‘ra, 16 sentyabrgacha koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 608 million 328 ming 548 ta halot qayd etilgan, qurbonlar soni esa 6 million 501 ming 469 kishiga yetgan.

AQShdagi Jons Xopkins Universiteti ma’lumotlarida esa ushbu ko‘rsatkichlar boshqacharoq. Masalan, universitet ma’lumotlarida keltirilishicha, koronavirus bilan kasallanganlar soni dunyo bo‘yicha 611 million 324 ming 387 kishini tashkil etmoqda, 6 million 524 ming 905 bemor esa koronavirus qurbonlari hisoblanadi.

Nima bo‘lganda ham, ikki yildan buyon dunyo ahlining boshiga kulfat keltirgan ushbu kasallikning tarqalish sur’ati hozir juda susaygan. Buni JSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus ham tasdiqlamoqda.

“COVID-19 pandemiyasining tomom bo‘lishiga oz qoldi, dunyo ahli pandemiyani yengish uchun avval hech qachon hozirgidek yaxshi holatda bo‘lmagan edi” dedi u o‘z bayonotida. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!